So’nggi yangiliklar

10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  0 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  6 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  239 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5

Anvar Berdiev: "Amalga oshirgan o'zgarishlarimiz o'zini oqlamadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Amalga oshirgan o'zgarishlarimiz o'zini oqlamadi"

Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Turon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Anvar Berdiev fikrlarini bildirdi.





"Bugungi o'yin haqida aytadigan bo'lsam, tezkor gol rejalarimizni o'zgartirib yubordi. "Buxoro" bizga qarshi bor kuchini tashlashi kutilgandi. Ushbu jihatni o'yindan avval futbolchilarga ham tushuntirgandim. Orqa chiziqdagi o'yinchilarimizning o'yinga kirishib ketishi qiyin kechdi. Kerakli xulosalarni chiqarib, navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz", – deya gap boshladi Berdiev.

- Humoyun Murtozaevni almashtirishingizning sababi nimada?

- Maydonning sifati futbolchilarning yugurishini qiyinlashtirdi. Biz o'yinni borishidan kelib chiqib, oldingi chiziqni kuchaytirmoqchi bo'ldik. Aziz Ibragimov o'tgan uchrashuvlarda zaxiradan tushirilgan bo'lsa ham yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Bu safar amalga oshirgan o'zgarishlarimiz o'zini oqlamadi. 

- Aytib o'tganingizdek, Aziz Ibragimov zaxiradan o'yinga qo'shilmoqda, yani kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Uning xolati to'liq o'yin o'tkazishga javob bermaydimi?

- Aziz Ibragimov tajribali futbolchi. Maydonga tushirishda uning yoshini ham hisobga olish zarur. Biz uning tajribasidan o'z o'rnida va to'g'ri foydalana bilishimiz kerak. O'yinlarni tahlil qilib, yo'l qo'yilgan xatolar yuzasidan xulosa chiqaramiz.  

- "Buxoro"ning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Kurash endi boshlandi. Raqib jamoani gapirmoqchi emasman, chunki o'z murabbiyi bor.

Bizning vazifamiz – har bir o'yinda g'alaba qozonib, Superligaga qaytish. 

- "Turon" bitta hujumchi bilan o'yinni boshladi. Ikkinchi goldan keyin jamoa uyg'ondi. Bugungi mag'lubiyatga tezkor gol sabab bo'ldimi yoki futbolchilardagi jismoniy holatning sustligi?

- Futbolchi har bir o'yinni esdan chiqarib, navbatdagi bahsga tayyorlanishi kerak. Tezkor 2 ta goldan keyin o'ziga kelishi qiyin bo'ldi. Bunday sustkashlikka yo'l qo'ymasligimiz kerak. 

- Bu maydonda hali "Mashal" bilan ham o'ynaysiz...

- Pro ligada o'tkinchi o'yinlar qolmagan. "Mashal" bilan o'yingacha hali vaqtimiz bor. Futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solishlari talab qilinadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика