So’nggi yangiliklar

Antonio Konte: "Poygada qoldik. Maqsadimizga erishishga yaqinmiz" Yangiliklar

Antonio Konte: "Poygada qoldik. Maqsadimizga erishishga yaqinmiz"

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Arsenal"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ajoyib atmosfera. Biz muxlislarimizga rahmat aytishimiz kerak. Ular bizga katta kuch berishdi. Ularga esa yaxshi g'alaba bilan javob qaytardik. Biz muhim derbida g'alaba qozondik va turnir jadvalida "Arsenal"ga yaqinlashdik. 

Albatta hali yaxshilab tiklanib olishimiz kerak. CHunki, yakshanba kuni bizni mag'lub etgan jamoa bilan o'ynaymiz ("Byornli"). 

Futbolchilarga g'alabani to'g'ri nishonlash bilan birga, yakshanba kungi uchrashuv haqida ham o'ylash lozimligini aytdim. Aks holda bu g'alaba xech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qoladi. 

Yakshanba kuni muxlislarimiz ham katta rol o'ynashadi. Birgalikda oldinga borishimiz kerak. Biz maqsadga erishishga yaqinmiz. Biz uchun oson o'yinlar qolmadi. 

Uch ochko olish muhim edi. Buning evaziga biz CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun poygada qoldik", - dedi Antonio Konte. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика