Antoni bugun "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaydi
29 avg 2022 02:19
Yangiliklar
Antoni bugun "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaydi
"Ayaks" vingeri Antoni faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.
Klublar 22 yoshli yarim himoyachining transferi borasida kelishib oldilar. Dushanba kuni braziliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolaydi.
SHartnoma 100 million evroga baholangan. Avvalroq bu summaga turli bonuslar kiritilgani xabar qilingandi.
Mavsum oralig'ida "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag va himoyachi Lisandro Martines ham "Manchester Yunayted" lageriga ko'chib o'tgandi.
Antoni oxirgi marta 14 avgust kuni maydonga tushdi. Niderlandiya chempionatining joriy mavsumidagi 2 ta o'yinda uning hisobida 1 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar