Anri "Arsenal" ECHLni yutishi mumkin deb hisoblaydi
05 mar 19:55
Yangiliklar
"Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Terri Anri jamoa Evropa Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishi mumkin deb hisoblaydi. Uning fikricha, PSVga qarshi o'yin jamoaga ishonch bag'ishlaydi.
"Ha, "Arsenal" ECHLni yutishi mumkin. Men bunga chin dildan ishonaman, shuning uchun ham bu gapni aytyapman. Men ular buni kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda isbotlashlarini xohlayman. PSVga hurmatni saqlagan holda aytamanki, "Arsenal" mehmondagi o'yinda qiynalsa kerak degandim. Yakunda esa umuman boshqa ish yuz berdi.
APLda kurash yakunlandi, buni hammamiz tushunib turibmiz. Qandaydir mo'jiza yuz bermasa, barchasi malum.
PSVga qarshi o'yinlar "Arsenal"ga keyingi bosqichda "Real" yoki "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishonch beradi deb o'ylayman. Bazida final yo'lidagi raqiblarga qarshi o'yinlar sizga yordam berishi, bazida bermasligi mumkin. Agarda ECHLni yutmoqchi bo'lsang, ushbu jamolarning hammasini ortda qoldirish kerak bo'ladi", -deydi Terri Anri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar