So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  4 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Angliyada boshlangan mavsum haqida bilishimiz kerak bo'lgan olti yangilik Yangiliklar

Angliyada boshlangan mavsum haqida bilishimiz kerak bo'lgan olti yangilik

11 avgust kuni "Arsenal" hamda "Lester Siti" o'rtasida bo'lib o'tgan o'yin Angliyada futbol mavsumiga start berdi.

Yangi mavsumda Angliyada yangiliklar kiritilgan va biz ularni sizga eslatib o'tishga qaror qildik.

YANGI TIZIMDAGI PENALTILAR SERIYASI

"Arsenal" hamda "CHelsi" o'rtasidagi Angliya Superkubogi uchun bo'lib o'tgan bahs esingizdami. Aynan shu uchrashuvda penaltilar seriyasining yangi tizimi qo'llanildi. Yani, A-B-B-A tizimi (A - birinchi jamoa, B - ikkinchi jamoa). Seriyani boshlagan jamoadan so'ng nuqtaga yaqinlashgan klub ikkita zarba yo'llaydi, navbatdagi jamoa ham shunday bo'ladi. Endi Angliya chempionat va kuboklarida xuddi shu tizim qo'llaniladi.



"SHO'NG'UVCHILAR"GA JAZO

Yangi mavsumda jarima zarbasi ishlashni istagan "aktyorlar" jiddiy jazolanadi.

Vaziyatlar sobiq futbolchi, sobiq murabbiy va sobiq hakamdan iborat bo'lgan guruh tomonidan o'rganib chiqiladi. Simulyaciya qilgan futbolchi 2 uchrashuvga chetlatiladi.



CHIMGA TEGILMASIN

"Lester Siti" APLda chempion bo'lgan mavsum maydonidagi ajoyib suratlar bilan hammani hayron qoldirgani sir emas. Zig-zag chiziqlar, klub gerbi va yana boshqa suratlar. Premer-liga rahbariyati ushbu ishlarni taqiqladi va endi barcha maydon chimlari odatiy gorizontal chiziqlarga ega bo'ladi. Ushbu qoida UEFA talablariga ham javob beradi.



KARABAO Kubogi

Milk, Littlewoods, Rumbelows, Coca-Cola, Worthington, Carling va Capital One dan so'ng yangi kubok paydo bo'ldi: Karabao Kubogi! Kara-nima? Bu Tailandning energetik ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. Ular Angliya Liga Kubogi homiyiga aylanishdi va bu mavsum turnir Karabao Kubogi deb ataladi.



YANGI TO'PLAR

Yangi mavsumda har doimgidek yangi to'plardan foydalaniladi. Bu to'pga The Ordem V deb nom berishdi. Angliya Premer-ligasida Nike kompaniyasining o'n ettinchi to'pi foydalaniladi. 2001 yilda APL Nike bilan hamkorlikni boshlagan edi. Ushbu to'pning bosimi barcha joyida bir xil va aniq zarbadan so'ng to'p kerakli joyga borib tushadi.

Sentyabr boshlanishi bilan darvozabonlar to'p havodan yo'nalishini o'zgartirayotganini, hujumchilar esa to'p avvalgisidan yaxshi ekanligini aytishadi. Xuddi avvalgi mavsumdagidek.



FUTBOLKADAGI RAQAMLAR

Oddiy, lekin muhim yangilik. Premer-liganing yangi logotipi barcha raqamlarga tushiriladi. Raqamlar shrifti esa barcha jamoada bir xil bo'ladi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика