So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  1 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Angliya top-klublari "Golden Boy"ga davogar futbolchi uchun kurashmoqda Yangiliklar

Angliya top-klublari "Golden Boy"ga davogar futbolchi uchun kurashmoqda

Insayder Fabricio Romano bir qator top-klublar tomonidan ko'zlanayotgan "Bornmut" himoyachisi Din Xyoysenning bo'lajak transferi xususida malumot berdi.

Unga ko'ra, Xyoysenning shartnomasida 50 mln funt miqdoridagi tovon puli bor va bu allaqachon rasman tasdiqlangan. Romano takidlaganidek, ispaniyalik hali yakuniy qarorga kelmagan.

Xyoysen ayni paytda bir qancha top-klublar bilan bevosita muzokaralar olib bormoqda. Asosiy davogarlar "Чelsi", "Liverpul" va "Arsenal" bo'lib, ular futbolchi transferi ustida faol ishlamoqda. 

Barcha aloqalar o'yinchining nomidan amalga oshiriladi, klub bu jarayonga aralashmaydi, deya takidladi Romano.

"Чelsi" yanvar oyidayoq Xyoysenni sotib olishga urinib ko'rgan, biroq o'sha paytda tovon puli haqidagi band kuchga kirmagandi.

"Real" ham Xyoysenning sevimli variantlari sifatida tilga olinadi, biroq madridliklar hozircha na transfer strategiyasi, na byudjeti borasida bir qarorga kelgan, ayniqsa, ularda hali murabbiy masalasi kun mavzusiga aylangan.

Din Xyoysen – "Bornmut"ning 20 yoshli ispaniyalik himoyachisi. U joriy mavsum "giloslar" safida 31 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Шuningdek, u dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Golden Boy" mukofotiga davogarlar beshligiga kirgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика