So’nggi yangiliklar

14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  0 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  25 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Angliya Superkubogi. "Manchester Siti" - "Arsenal". Prevyu Yangiliklar

Angliya Superkubogi. "Manchester Siti" - "Arsenal". Prevyu

Bugun "Uembli"da Angliya Superkubogi orqali mamlakatda katta futbol start oladi.

Xo'sh, ushbu bahsga qadar ikki jamoaning holati, tayyorgarligi qanday bo'ldi?

"Manchester Siti"

1. "SHaharliklar" faqatgina uch o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi

Jamoaning mavsumga tayyorgarligi unchalik darajada kuchli bo'lmagandek ko'rinadi. "SHaharliklar" o'tgan mavsumda trebl qayd etganidan keyin yoz oyini anchagina sokin o'tkazdi. Balki o'tgan mavsumda ko'p o'yin o'tkazgani sababli Gvardiola o'z shogirdlariga ko'proq dam berishni istagandir. CHunki jamoa faqatgina Osiyo turnesida ishtirok etdi va unda 3tagina o'rtoqlik o'yinida qatnashdi - 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat.

2. De Bryuynening uchrashuvda o'ynamasligi mumkin, Akening o'yindagi ishtiroki qatnashishi so'roq ostida

O'rtoqlik o'yinlarida Pep Gvardiola futbolchilar va taktikalarda tajribalar o'tkazib ko'rdi. Jamoa barcha o'yinlarda 3-2-2-3 taktikasida o'ynadi. SHu sababli ECHL finalida olgan jarohatidan hali ham qutulmagan Kevin de Bryuynega bugun tarkibdan joy topilmasa kerak. "Bavariya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida esa Natan Ake kichik jarohat orttirib oldi va shu sababli "Atletiko"ga qarshi o'ynamadi. Bugun esa uning o'yinda qatnashishi so'roq ostida. Biroq Gvardiola himoyasida variantlar juda ko'p. SHuningdek, jamoaga yangi kelgan Yoshko Gvardiol ham o'yinda ishtirok etishi mumkin (biroq ehtimoli juda past).

3. "Manchester Siti"ning "Arsenal"ga qarshi o'yinlarda g'alabali seriyasi bor

Mikel Arteta kelganidan keyin "Arsenal"ning "Siti"ga qarshi o'yinlarida principiallik oshdi - hozircha shogird ustozini hayron qoldiryapti, ammo undan o'zib keta olmayapti. Arteta va Gvardiola jamoalari turli turnirlarda 9 marta to'qnash kelgan bo'lsa, ularning faqatgina bittasida omad londonliklar uchun kulgan. Ayniqsa, o'tgan mavsum o'zaro o'yinlarda "Siti" raqiblaridan bir bosh ustunlik qildi va ikkala o'yinda umumiy 7:2 hisobi bilan g'alabaga erishdi.

"Arsenal"

1. "Arsenal" mavsumga yaxshi tayyorlandi

Raqibidan farqli ravishda "Arsenal" mavsumlar oralig'ini aktiv o'tkazdi. "Kanonirlar" turli darajadagi raqiblari bilan 6ta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdi va ularning faqatgina bittasida mag'lub bo'ldi. Undan tashqari, London klubi transferlar oynasida ham faol bo'ldi va Deklan Rays, Yurrien Timber hamda Kay Xavertc kabi futbolchilarni tarkibiga qo'shib oldi.

2. Saka o'ynashi mumkin, Jezus va Zinchenkoda jarohat bor

Arteta ham mavsumoldi yig'inlardagi o'yinlarda tajribalar o'tkazdi, biroq sxemada emas, balki, futbolchilarning rolida. Yangi mavsumda ham uning jamoasi 4-3-3 sxemasida o'ynashi kutilmoqda. Eng asosiy savol Kay Xavertcning poziciyasiga borib taqaladi. U universal futbolchi, biroq hali barqarorlik namoyish qila olmadi. Arteta uni chap qanot vingeri va markaziy hujumda sinab ko'rishga ulgurdi. Umuman olganda bugungi bahsni u zaxirada boshlashi ehtimoli yuqori. Jarohatlangan Jezusning o'rnida esa Nketia o'ynashi kutilmoqda. SHuningdek, Zinchenkoning o'ynamasligi Timberga katta imkoniyat bo'lishi mumkin.

3. "Arsenal" Superkubok o'yinlarida juda omadli

Garchi o'zaro o'yinlarda "Arsenal" "Siti"dan o'zib keta olmasada, Superkubok o'yinlarida muvaffaqiyatli o'ynab kelgan. Jamoa o'zining shunday to'rt finalida g'alaba qozongan - 2020 yili "Liverpul", 2015 yili "man Siti" kabi jamoalar mag'lub etilgan. Fakt shundaki, "Arsenal" o'zi qatnashayotgan Superkubok o'yinlarida juda omadli jamoa.

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti": Ederson - Lyaport, Diash, Uoker - Ernandes, Stounz - Kovachich, Foden - Grilish, Silva, Xoland.

"Arsenal": Remsdeyl - Uayt, Saliba, Gabriel, Timber - Edegor, Rays, Parti - Saka, Martinelli, Nketia.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика