So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Angliya Premer-Ligasi klublarining eng boy 10 nafar xo'jayini Yangiliklar

Angliya Premer-Ligasi klublarining eng boy 10 nafar xo'jayini

Angliya Premer-Ligasi klublarini sotib olgan 10 nafar milliarderlar.

10. Jon Genri. ("Liverpul")

Genri 2011 yildan beri "Liverpul" xo'jayini hisoblanadi. Vikipediya malumotlariga qaraganda, uning boyligi 1,1 milliard dollarni tashkil qiladi.



9. Vichai Srivadanaprabxa. ("Lester")

Tailandlik milliarder 2010 yilda "Lester"ni sotib olgan. Malumotlarga qaraganda, u 1,4 milliard dollar boylikka ega.



8. Katerina Leiberr. ("Sautgempton").

Otasining o'limidan so'ng 2010 yilda klub boshqaruvini qo'liga oladi. Avvaliga uni jamoa muxlislari hushlamadilar. Biroq, kutilmaganda u jamoani Premer-Ligaga olib chiqa oladi. So'ngra, Ronald Kuman bilan shartnoma imzoladi. Honimning boyligi 1,9 milliard dollarni tashkil qiladi.



7. Ellis SHort. ("Sanderlend")

Amerikalik tadbirkor 2008 yilda sheriklari bilan birga "Sanderlend"ni sotib olgan. Uning mulki 2,4 milliard dollarni tashkil qiladi.


6. Gleyzerlar oilasi ("Manchester Yunayted")

Gleyzerlar oilasi 2005 yildan beri "Yunayted"ga egalik qiladilar. 2014 yilda Malkolm Gleyzer vafot etganidan so'ng klub uning farzandlari qo'liga o'tadi. Oilaning boyligi 3 milliard dollarni tashkil qiladi.



5. Mayk Eshli ("Nyukasl")

Ingliz tadbirkori 2007 yilda avvaliga klubning 41% akciyasini sotib olgan. Keyinroq, o'sha yilning o'zida to'lig'icha klubning xo'jayiniga aylangan. Malumotlarga qaraganda, uning mulki 3,5 milliard dollarni tashkil qiladi.



4. Sten Kroenk ("Arsenal")

Amerikalik tadbirkor 2008 yilda klub direktorlar kengashi azosi bo'lgan. U shundan so'ng 3 yil davomida klubdagi ulushini 63%gacha ko'tarib olgan. Malum bo'lishicha, uning boyligi 4 milliard dollar.



3. Jo Lyuis ("Tottenxem")

Britaniyalik ushbu boyvuchcha mamlakatning eng boy 10 nafar kishilari qatoriga kiradi. Ushbu janobning boyligi malum bo'lishicha, 4,9 millard dollarga teng.



2. Roman Abramovich ("CHelsi")

Roman aqlli va ayyor biznesmenlar sirasiga kiradi. 2003 yilda u London klubini harid qilganidan so'ng "aristokratlar" tarixida yangi sahifa ochiladi. U "CHelsi"ni superklubga aylantirib yubora oldi. Rossiyaning eng boy va nufuzli shaxslaridan biri hisoblanadigan tadbirkorning mol-mulki 5,3 milliard dollarga teng.




1. SHayh Mansur ("Manchester Siti")

Arab milliarderi "Siti"ni sotib olganidan so'ng "shaharliklar"da juda katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Uning qo'l ostida klub APLda chempionlikka ham erishdi. Malum bo'lishicha, BAAlik tadbirkorning boyligi 20 milliard dollarni tashkil qiladi.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика