Angliya Liga Kubogi. MYU titullar bo'yicha 3-o'ringa ko'tarildi
27 fev 2023 10:00
Yangiliklar
Angliya Liga Kubogi. MYU titullar bo'yicha 3-o'ringa ko'tarildi
Angliya Liga Kubogi finalida “Manchester Yunayted” 2:0 hisobida “Nyukasl Yunayted”ni mag'lub etib, o'z tarixida 6-marotaba ushbu musobaqada g'olib chiqdi.
“Qizil iblislar” 1992, 2006, 2009, 2010, 2017, 2023 yillarda muvaffaqiyatga erishgan. Bu borada ulardan oldinda “Liverpul” (9 ta titul) hamda “Man Siti” (6) bor. “CHelsi” va “Aston Villa”da beshtadan sovrin bo'lsa, “Tottenxem” va “Nottingem Forest” Liga Kubogida 4 martadan muvaffaqiyatga erishgan.
“Nyukasl” esa 2-marotaba (1976 yildan beri ilk bor) musobaqa finaliga chiqib, yana omadsizlikka uchradi.
Finalga chiqish borasida rekord esa “Liverpul”ga tegishli – 13 ta. MYU o'z navbatida bu borada ikkinchi (10 ta final) bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar