Ange Postekoglu: "MYU futbolchilarining bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz"
20 may 23:19
Yangiliklar
Ange Postekoglu: "MYU futbolchilarining bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Evropa ligasi finali oldidan ushbu mavsumda MYU ustidan qozonilgan 3 g'alaba hech nimani anglatmasligini malum qildi.
Ushbu mavsumda "shporlar" mankunianliklarni ligada 3:0, 1:0 va liga kubogida 4:3 hisobida mag'lub qilishdi. 21 may oqshomida tomonlar Evropa ligasi finalida to'qnash kelishadi.
"Bu final va bunday paytda bu narsalarni eslash noo'rin. Bunday paytda jamoalarning o'rni, qanday holatda ekanligi ham hech nimani anglatmaydi.
Futbolchilar bu o'yinga qanday reakciya qilishlariga bog'liq. Ular bu o'yinning qanchalar muhimligini yaxshi bilishlari kerak. Raqiblarning bunday katta o'yinga qanday tayyorlanishini bilmaymiz.
Vazifam - futbolchilarni MYUning o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsatmasligiga tayyorlash. Agarda shunday bo'lsangiz, maydonga tushib, o'zingizga sovrin sovg'a qila olasiz", - dedi Postekoglu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar