Andrey Mikyalev: "Surxon" Superligada o'ynashini championat.asia saytida o'qib bildim"
25 fev 2019 15:42
Yangiliklar


Andrey Mikyalev: "Surxon" Superligada o'ynashini championat.asia saytida o'qib bildim"
Superligaga qaytgan "Surxon" bosh murabbiyi Andrey Mikyalev bilan bog'landik.
"Hozirgina championat.asia saytidagi xabardan "Surxon" Superligada o'ynashini bilib oldim. CHempionat boshlanishiga 10 kun qolganida Superligada o'ynashimizni bildik. Bir necha daqiqa oldin rahbariyat bizni chaqirdi. Yangi mavsumning reja va maqsadlari haqida gaplashib olamiz. Murabbiy va futbolchilar bilan rasmiy shartnoma tuziladi. CHunki "Surxon" qaysi ligada o'ynashini bilmasdik. Jamoani imkon qadar yaxshi tayyorlashga harakat qilamiz", - deydi Andrey Miklyaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar