So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

Andrey Miklyaev: "G'alaba qozonish har doim yoqimli" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "G'alaba qozonish har doim yoqimli"

Oliy liganing 30-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev ishtirok etdi.


- Kamdan-kam hollarda bir jamoa bilan ketma-ket ikki marta duch kelinadi. Bugun deyarli teng o'yin guvohiga aylandik. Balki jamoalar yarim final javob bahsi oldidan o'z kartalarini ochishni istashmagandir. SHu boisdan o'yin tomoshabop bo'lmadi. Bugun biroz omadimiz chopdi va g'alabaga erishdik. Yutish har doim yoqimli va bu kayfiyatni ko'taradi. Futbolchilar bugun murabbiylar shtabi ko'rsatmalarini to'liq bajarishdi.

- Ikkinchi bo'limda chempionat to'purari Abduxoliqov o'rniga aslida markaziy himoyachi bo'lgan Islom To'xtaxo'jaevni hujumga qo'ydingiz. Terma jamoada esa Islom To'xtaxo'jaevni bosh murabbiy qanot himoyasida o'ynatadi.
- Temurxo'ja Abduxoliqov uzun mavsumni o'tkazdi va oldinda bizni muhim bahs kutmoqda. SHu sababdan Abduxoliqovga dam olish imkonini yaratib berdik. Islom To'xtaxo'jaev o'tgan yillardagi mavsumlarda ham bu poziciyada o'ynagan va hujumchi rolida yomon harakat qilmaydi. Bugun Islomni hujumga qo'yishimizni vaziyat taqozo etdi. Abduxoliqovni o'rniga To'xtaxo'jaevdan boshqa futbolchini qo'yishning imkoni yo'q edi.

- Nega endi, Marat Bikmaev yoki Quvondiq Ro'zievni ham hujumga qo'ysa bo'lardiku? Islom To'xtaxo'jaev ko'p gol uradi, ha. Ammo u baribir markaziy himoyachi sanaladi. Masalan Ramos ham ko'p gol uradi. Lekin "Real"da undan hujumchi sifatida foydalanishmaydiku.
- To'g'ri, Islom To'xtaxo'jaev hujumchi emas. SHunchaki bugun boshqa choramiz qolmagandi. Quvondiq Ro'ziev esa uzoq muddatli jarohatidan so'ng endi maydonga qaytdi. Ha aytgancha, undan Mirzaevga golli uzatma amalga oshirgani aslida pas edimi yoki darvoza tomon berilgan zarbamidi, shuni so'rash yodimdan chiqibdi.

- Artur Gevorkyan bugun markaziy yarim himoyada o'ynadi...
- Ha, bugun biz Artur Gevorkyanni ushbu poziciyada ko'rishni istadik. Qanday o'ynadi? Menimcha, yaxshi. Har holda Gevorkyan markazda o'yinni buzib qo'ygani yo'q.

- Bu yilgi yodingizda qolgan eng yaxshi uchta uchrashuvni sanab bera olasizmi?
- Asosan OCHL doirasidagi o'yinlarni aytishim mumkin. Umuman olganda qaysidir bir o'yinni ajratib ko'rsatish qiyin. Har bir uchrashuv biz uchun muhim bo'ldi. Ayniqsa mavsum oxiriga kelib qolsa har qanday bahs asabiy o'tadi.


- Joriy mavsumdagi eng yaxshi uchta futbolchisi deb kimlarni aytgan bo'lardingiz?
- Men o'zimni jamoamdagi futbolchilarni alohida ajratib ko'rsatmayman. Ularning hammasi eng yaxshilar. Hujumda Eldor SHomurodov, yarim himoyada Jaloliddin Masharipov va himoyada Yurica Bulyat. Darvozada esa Ignatiy Nesterovni qayd etgan bo'lardim.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика