So’nggi yangiliklar

12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  2 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  3 10:20Неймар яна жароҳат олди  4 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  10 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  5

Andrey Miklyaev: “Bunyodkor”ning qanday o'ynashini bilardik” Yangiliklar

Andrey Miklyaev: “Bunyodkor”ning qanday o'ynashini bilardik”

Superliga 19-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor”(2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Miklyaev fikrlarini bildirdi.




“Bunday holatda biror narsa deyish ham qiyin. Albatta, birinchi galda yigitlarga uch ochko qo'lga kiritganimiz uchun minnatdorchilik bildiraman. O'yin og'ir va asabiy ruhda o'tdi. Ikki jamoa ham mag'lubiyatga uchragisi kelmadi. Kurashlarga boy o'yin ko'rdik. Qaysidir manoda ikki xil uslubdagi jamoalarning to'qnashuvi bo'ldi. “Bunyodkor”ning qanday o'ynashini bilardik. Tezkor va texnik tomondan yaxshi o'yin ko'rsatadi, to'p bilan erda yaxshi muomala qila oladi. Omadimiz keldi va uch ochko ishladik. Juda kerakli ochkoni qo'lga kiritdik”,- deydi Miklyaev.

- Jamoa bugun oxirgi daqiqaga qadar bir xil uslubda o'ynadi. Himoyada oldindagi uchta bo'yi baland futbolchilar bilan uzun paslar orqali harakat qildi. Raqib “Lokomotiv” bir xil o'ynayotgani qaramasdan chora topa olmadi. Uzun paslarning har ikkita yoki uchtasidan biri o'tdi. Bu mashg'ulotlarda uzoq vaqt ishlangan uslubmi?
- Yana qaytaraman, “Bunyodkor” texnik uslubdagi jamoa. Yaxshi pressing uyushtiradi va birinchi qavatda chiroyli o'yin namoyish qiladi. Ularga qarshi shunday o'ynadik, rejamiz o'xshadi. Umuman olib qaraganda teng o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshida bizda bir qator qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Darvozamiz oldida ham keskin vaziyatlar bo'ldi. Yigitlarda intilish va xohish kuchli edi. Yoshlar ham yaxshi o'ynadi. Ha, xatolar bor. Yoshlar uchun xursandman.

- Ibrohim G'anixonov bugun chap qanot himoyasida o'ynadi...
- Himoyada muammolarimiz bor. SHuhrat Muhammadiev kichik jarohat olgandi. G'ulomhaydar G'ulomov o'ng qanotda o'ynadi. Dilshod Komilov jarohat olgan vaziyatda tezkor qaror qabul qilishimiz kerak edi. Jaloliddin Jumaboevga o'yindan-o'yinga imkoniyat berib boryapmiz. Bizning tarbiyalanuvchimiz hisoblanadi. Bundan faxrlanamiz.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика