So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  5 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Andrey Fyodorov: "Loko" kuchsizlanmadi, aksincha kuchaydi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Loko" kuchsizlanmadi, aksincha kuchaydi"

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

- Xayrli kech. Juda ko'plab jurnalistlarni ko'rib turganimdan xursandman. Demak Superkubokka bo'lgan qiziqish haqiqatdan ham yuqori bo'lgan ko'rinadi. G'alaba juda yoqimli. Ayniqsa ilk bor Superkubokda ishtirok etganim g'alaba bilan tugagani kayfiyatni ko'taradi. Men anchadan buyon o'yindan avval bu qadar asabiy bo'lmagandim. Hammasi ko'ngildagidek bo'lgani juda yaxshi.

AGMK bunga qadar ikkita rasmiy o'yin o'tkazgani bizga qo'l keldi. CHunki o'sha uchrashuvlardan kelib chiqib raqibning o'yini haqida tasavvur paydo bo'lgandi. Mazkur jihat bizning foydamizga ishladi. Raqibni chuqur va yaxshi o'rganishimizda AGMKning o'tgan uchrashuvlari yordam berdi. Biz ikkinchi golni urgach futbolchilar bo'shashib ketishdi. Lekin shunga qaramay kerakli natijani saqlab qoldik.

Arslonmurot Amanov nega o'ynamadi? Hozircha u maydonga tushishga to'liq tayyor emas. Amanov tez orada "Buxoro"da bo'lgani kabi sport formasini to'liq tiklab olganidan so'ng maydonga qaytadi.

"Lokomotiv" kuchsizlandimi? Albatta har doim kuchliroq futbolchilarni olishni istaymiz. Ko'pchilik jamoani etakchilar tark etdi, jamoa kuchsizlandimi deb so'ramoqda. Yana takrorlayman, "Loko" kuchsizlanmadi, balki yanada kuchaydik. CHunki yaxshi transferlarni amalga oshirdik. Biz nafaqat o'yin uslubi va jamoa o'zagi, balki o'yinimizni kuchaytiradigan futbolchilarni qo'lga kiritdik.

Jamshid Ikanderovning o'yini? Yoqdi. Menimcha, Jamshid uchun joriy mavsum eng yaxshisi bo'ladi. Menga maydon markazidagi yangi tandem juda yoqdi.

Oleg Zoteevga zaxira bormi? Bor. Kimligini aytmayman.

Kuchli legioner? Ular qaerda? Xitoydami yoki Saudiya Arabistonida? Agarda ularning pulini bizga olib kelishsa, biz ham shunday kuchli ijrochilarni olamiz. Selekcion savollar menga emas, rahbariyatga berilishi kerak.

CHempionat qachon boshlanishi va kimlar bilan o'ynashimiz nomalumligi? Bu albatta yomon. Biz har holda 1-mart kuni chempionat boshlanadi deb tayyorgarlik ko'rgandik. Bu esa rejamizga biroz tasir ko'rsatadi. Yaxshi ham Superkubok o'yini o'tkazildi.

PFL "Lokomotiv"ni Superligaga qo'ymasligi mumkin? Bu ham menga emas, rahbariyatga beriladigan savol. SHunisi aniqki, jamoamiz chempionatga tayyor.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика