So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Andrey Fyodorov: "Ertaga "Paxtakor"ga muxlislik qilaman va raqibni o'rganaman" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Ertaga "Paxtakor"ga muxlislik qilaman va raqibni o'rganaman"

"Lokomotiv" - "Al Vahda" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Raqib o'tgan yilga nisbatan anchagina kuchayganini kecha ham aytgandim. Himoyada ancha yaxshi o'ynay boshladi. Birinchi taymda rejalarimiz amalga oshdi, ammo ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Agar ulardan foydalanganimizda o'yin oxiri bunchalik hayajonli bo'lmas edi", - deydi Andrey Fyodorov.

"Birinchi taymni qoniqarli o'tkazdik deb o'ylayman. O'yinni nazorat qildik, ikkinchi taymda esa raqib vabankka bordi. Xatolar ustida ishlaymiz. Keyingi bahslarda ikkinchi taymda ham yaxshi va tajovuzkor o'ynashga harakat qilamiz", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.




- Iskanderov ikkinchi taymda juda ko'p xato qildi. Uning o'yini haqida nima deysiz?

- Birinchi taymda u yaxshi o'ynadi va barcha ko'rsatmalarimizni bajardi. Balki ikkinchi taymda charchab qolgandir. Zaxirada hujumkor o'yinchilar SHog'ulomov va Omonov qanot futbolchilari, shu bois Iskanderov almashtirilgach, Mirzaev maydon markaziga o'tdi.

- Nima uchundir o'zbek futbolchilariga sovuqqonlik etishmaydi. Mutaxassis sifatida nima deya olasiz?

- Barcha futbolchilar haqida aytishim qiyin. Balki raqibning kuchli pressingiga tayyor bo'lmagandirmiz. Ikkinchi taym boshida "Al Vahda" hujumchilari himoyachilarimizni bosim ostida ushlab turishdi.

- "Al Vahda" o'yinni boshqardi, "Lokomotiv"ning jismoniy holati qanday?

- "Al vahda" o'yinni boshqarmadi, bizning jamoa futbolchilarining jismoniy holati yaxshi.

- Ertaga "Paxtakor" o'ynaydi. Siz bu o'yinda "Paxtakor"ga muxlislik qilasizmi yoki navbatdagi raqibni o'rganasizmi?

- Birinchi navbatda muxlislik qilaman va birinchi navbatda "Paxtakor"ni o'rganaman (kuladi).



- Savol Abduxoliqovga, mavsumni ajoyib boshladingiz. Terma jamoaga esa chaqirilmayapsiz. Bu savol sizni qiynaydimi?


Andrey Fyodorov: - Uni chaqirishdiku. Mart oyidagi yig'inga uni terma jamoaga chaqirishdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov: - Nima deyishga xayronman. Terma jamoaning o'z bosh murabbiyi bor. O'zbekistonda hujumchilar ko'p. CHaqirishsa vatanim jamoasida borimni berib o'ynayman. "Lokomotiv"ning oldida juda ko'p o'yinlar bor, OCHL, Superliga, kubok...

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика