So’nggi yangiliklar

11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  22 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4

Andrey Fyodorov: "Biroz hayajon bor" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Biroz hayajon bor"

OCHLning 1-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Andrey Fyodorov va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev qatnashishdi.

"Bu OCHLdagi ilk o'yin. Raqib oddiy jamoa emas. Ko'pchilik bu klubni yutish oson deb o'ylaydi. To'g'ri o'tan mavsum "Al Vahda"ni ikki marta yirik hisobda mag'lub etganmiz. Ammo o'tgan mavsumdagiga qaraganda jamoa anchagina o'zgargan. SHunday ekan o'yin qiziq bo'ladi. Biz bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rdik va yaxshi futbol namoyish etib, ijobiy natija qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - deydi Andrey Fyodorov.

"Ertaga OCHLni chiroyli o'yin bilan boshlashga harakat qilamiz. O'tgan mavsum tarixda qoldi. 2018 yil bu jamoa ustidan qozonilgan g'alabalarda omad biz tomonda bo'lgandi. Qanday tayyorgarlik ko'rganimizni ertangi bahs ko'rsatadi. Maydonga g'alaba uchun tushamiz", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.



- Bu mavsumda "Lokomotiv" oldiga OCHLda qanday vazifa qo'yilgan? Siz bosh murabbiy sifatida birinchi marta OCHLda ishlaysiz.

Andrey Fyodorov: - To'g'ri biroz hayajon bor, bu musobaqa startidan oldingi hayajon. Biroq "Lokomotiv"ning vazifalari hech qachon o'zgarmagan. Birinchi vazifa ertangi bahsda g'alaba qozonish. Start yaxshi chiqsa bu ajoyib bo'ladi. Agar aniq maqsad haqida gapirsak "Lokomotiv" doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Buni yashirish kerak emas.

- Ertangi muhim o'yindan oldin Superkubok bahsi o'tkazilgani foyda bo'ldimi?
Islom To'xtaxo'jaev: -
Albatta o'rtoqlik va rasmiy o'yinlarning katta farqi bor. Superkubokdagi o'yin bizga foyda bo'ldi. Ertangi bahsdan oldin chempionatda 2-3ta o'yin bo'lganida undan ham yaxshi bo'lardi.

- Yo'qotishlar yo'qmi?

Andrey Fyodorov: - Yo'q. Ertaga barcha futbolchilar maydonga tushishga tayyor. Barcha sog'lom.



- Jamoa o'zagi o'zgardi. Yangi futbolchilar kelib qo'shildi. Jamoada ichki muhit qanday? O'yin jihatidan yangi o'yinchilar bilan til topishib ketdinglarmi?

Islom To'xtaxo'jaev: - Jamoaning ichki muhiti juda yaxshi. Yangilar asta-sekinlik bilan jamoaga ko'nikib bormoqda. O'tgan yilgi tarkibdan ko'pchilik ketdi. Oldingi tarkib bilan 3-4 yil birga o'ynagandik. Ammo yangi kelganlarning ko'pchiligi bilan terma jamoada o'ynaganmiz.

- Bizningcha "Lokomotiv" bu yil legionerlarni yaxshi tanladi. Sababi ular O'zbekistonda o'ynagan va sinovdan o'tgan.

Andrey Fyodorov: - Faqat legionerlar emas, mahalliy o'yinchilar jamoani kuchaytirishdi. Ular o'z mahoratini ko'rsata olishgani uchun jamoaga taklif etildi. Yangi o'yinchilarni futbolchilar sonini ko'paytirish uchun olmadik.

- O'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasida ancha yillar oldin yarim finalga chiqqan. Bu allaqachon tarixga aylanib bo'ldi. O'sha bosqichga chiqish uchun o'zbek futolchilari, klublariga nima etishmyapti?

Islom To'xtaxo'jaev: - Xudo xohlasa, bu yil mana shu tarixni yangilash nasib qilsin. Osiyoda legionerlar ko'p narsani hal qiladi. Bizda 20-30 millionlik legionerlar yo'q. Osiyolik futbolchilarning saviyasi deyarli teng, faqat legioner tufayli g'alaba qozonadi. Biz jamoaviy o'yin namoyish etib tarixni yangilashga harakat qilamiz.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика