So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  8 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Andijonda havaskorlar futbolining nufuzi ortib bormoqda Yangiliklar

Andijonda havaskorlar futbolining nufuzi ortib bormoqda

Teglar :  Havaskorlar Andijon
Yurtimizda havaskorlar futboli juda ommalashgan. Ayniqsa, viloyatlarda qiziqish katta. Andijonda ham oxirgi yillarda havaskorlar futboli anchayin rivojlanmoqda.

Unga bo'lgan qiziquvchilar soni esa tobora ortib bormoqda. Biror-bir arenada o'tkaziladigan o'yinni tomosha qilish uchun ishqibozlarning soni ham ko'payib boryapti. Endilikda havaskorlar futbolida o'ziga xos qiziqarli turnirlar miqdori ortib bormoqda. Ammo mana shunday musobaqalarni uyushtirish va o'yinlarni o'tkazish ham oson jarayon emas. Andijonda havaskorlar futbolini tashkillashtirishda ushbu sohaga qiziquvchilar orasida yaxshi tanish bo'lgan Bahtiyor Nasriddinov menejer sifatida ham nom qozongan. Endilikda uning tashabbusi bilan havaskorlar futbolida «Supershou» musobaqasi o'tkazib kelinmoqda va bunda  eng sara kuchli jamoalar ishtirok etishmoqda. SHu bois muxlislarning qiziqishi ham yanada ortib ketdi. Nasriddinov esa bugungi kunda havaskolar futbolining darajasi va yangi tashkil etilayotgan musobaqa haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Futbolni asosan salomatligimiz uchun o'ynaymiz. Buni o'yinchilarimizga ham uqtirib kelamiz. SHu bilan birga havaskorlar futbolini rivojlantirish orqali o'zbek futboliga ozgina bo'lsa ham hissamizni qo'shishni istaymiz. Odamlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun ham futbolga kelib maza qilib dam olishlarini taminlashga harakat qilyapmiz. Masalan, o'zim ham bo'sh bo'ldim deguncha arenaga boraman. Xavaskorlar futbolini ijtimoiy tarmoqlarda ham ken yoritishadi. «Vodiy arena» bilan «Futbol onlayn» nomli telegram kanallari doimiy ravishda havaskorlar o'rtasidagi futbolni muntazam ravishda targ'ib qilib, muxlislar uchun yoritib kelishmoqda. Ushbu kanallar orqali o'yinlarning qachon va qaysi kuni bo'lib o'tishini ham bilib turamiz. Ishqibozlarning qiziqishini yanada oshirish maqsadida «Futbol muxlislar uchun super shousi» deb nomlangan musobaqani tashkil qilganmiz. Masalan, Andijonning o'zida 100 tacha havaskorlar jamoasi bo'lsa, shularning ichidan eng kuchlilarini tanlab, ularning ishtirokida super shou nomi ostida musobaqa o'tkazyapmiz. Qolaversa, bu musobaqamizda faqat andijonliklar emas, vodiy jamoalari ham ishtirok etishyapti. SHuningdek, Qirg'izistondan ham musobaqamizda qatnashish istagini bildirayotgan jamoalar chiqyapti. Hozir qish fasli bo'lgani uchun o'yinlarimizni zalda o'tkazyapmiz. Farg'onaning «Neftchi» futzal jamoasi murabbiyi Farruh Zokirov bilan yaxshi munosabatdamiz va bir necha bor uning jamoasiga qarshi o'ynadik. Endilikda o'sha murabbiyni chaqirib futzal jamoasiga tortadigan o'yinchilarimizni tavsiya etyapmiz. «Andijon» jamoasi ham Superligaga chiqdi va ular ham futzal jamoasini tashkil qilishsa kerak. Aytmoqchimanki, bizda iqtidorli yigitlar ko'p.

Havaskorlar futbolida kelishuv yo'q, o'rtaga hech nima tikilmaydi. Muxlislarning qiziqishi ham katta. Bu erda haqiqiy sof futbol o'ynaladi. O'yindan keyin ishqibozlar o'rtasidagi eng yaxshi o'yinchini aniqlaymiz va unga o'zimizning esdalik sovg'amizni topshiramiz. SHu tariqa, 30-super shou musobaqasini o'tkazyapmiz. Bunday o'yinlar ko'chada bolaning bekor yurishi, noo'g'ri yo'lllarga kirib ketmasligining oldini olishda ham xizmat qiladi, - deydi Nasriddinov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика