So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Andijon" vodiy derbisida asr g'alabasini qo'lga kiritadimi? "Nasaf" qarshisida noqulay raqib, "Dinamo" startda yana "Navbahor" mehmoni Yangiliklar

"Andijon" vodiy derbisida asr g'alabasini qo'lga kiritadimi? "Nasaf" qarshisida noqulay raqib, "Dinamo" startda yana "Navbahor" mehmoni

Superliganing 1-turida bir nechta qiziqarli uchrashuvlar borligini ko'rishimiz mumkin.

Dastlabki turlarda jamoalarning imkoniyatlari tengligi, hali to'liq ritmga tushib olmagani o'yinlarning murosasiz o'tishini taminlaydi. Biz mazkur tur oldidan bir qator qiziqarli faktlarga yuzlanamiz. 

OKMK - "Buxoro"

- "Buxoro" Superliga doirasida so'nggi bor 2016 yil Olmaliqda OKMKni mag'lub etgan. 

- OKMK oxirgi marotaba raqibiga 2019 yil safarda imkoniyatni boy bergan.

- Jamoalar o'rtasidagi oxirgi 5 ta o'yinda darvozalarga muntazam gol urib kelingan. 

- Ulug'bek Bakaev murabbiy sifatida oxirgi martta 2021 "So'g'diyona" boshqaruvida OKMKni taslim qilgan.


"Qizilqum" - "Surxon"

- Termiz klubi 5 yildan buyon "Qizilqum" maydonidan g'alabasiz qaytmoqda. "Surxon"ning safardagi so'nggi 3 ochkosi 2020 yilgi mavsumda qo'lga kiritilgan. 

- "Surxon" 3 yildan buyon Superligani g'alabasiz boshlamoqda. Jamoa so'nggi bor 2021 yil mavsumning ilk turida "Metallurg"ga qarshi o'yinda yutuqni tantana qilgan. 


"Qo'qon-1912" - "Andijon"

- "Andijon" so'nggi bor Superligada "Qo'qon-1912"ni 2003 yilda mag'lub etishni uddasidan chiqqan. Keyingi 10 ta to'qnashuvning 6 tasi qo'qonliklar foydasiga hal bo'lgan, 4 ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

- "Burgutlar" shu paytgacha raqibini safarda bir bor enggan. Jamoaning yagona g'alabasi 1998 yilgi mavsumda qayd etilgan (6:0). Jamoa 21-asrda hali Qo'qonda zafar quchmagan.

- Ikki jamoa 3 yildan so'ng yana Superligada uchrashmoqda. Ular oxirgi marotaba 2021 yil Qo'qonda to'qnash kelgan va durangga imzo chekishgan. 

- "Andijon" Superligaga qaytganidan buyon mavsumni mag'lubiyatsiz boshlamoqda. Aleksandr Xomyakov shogirdlari 2023 yil Qarshida "Nasaf"dan ustun kelgan bo'lsa, 2024 yil Olmaliqda OKMKdan bir ochko olib qaytgan. 

- "Qo'qon-1912" ikki yillik tanaffusdan so'ng Superligada ishtirokini boshlaydi. 



"Bunyodkor" - "Neftchi"

- Farg'onaliklar ketma-ket 3 mavsumdan buyon Superliganing 1-turida 3 ochkoga ega chiqmoqda. 2022 yil "Qo'qon-1912" (1:0), 2023 yil "Metallurg" (3:0), 2024 yil "So'g'diyona" (2:1) ustidan g'alaba qo'lga kiritilgan.

- "Bunyodkor" so'nggi marotaba 2023 yil "Neftchi"dan ustun kelgan edi. O'tgan mavsumdagi 2 ta o'yinda ham farg'onaliklarning qo'li baland kelgan (3:0, 2:1).


"Xorazm" - "Sho'rtan"

- Jamoalar 15 yildan so'ng yana Superligada to'qnash keladi. O'zaro o'yinlardagi so'nggi bahs 2010 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. O'shanda g'uzorliklar 4:1 hisobida g'alaba qozongan.

- "Xorazm" Superligada hali "Sho'rtan"ni mag'lub etmagan, 6 ta o'yin 2 ta durang, 4 mag'lubiyat. 

- "Xorazm" elitada 15 yildan keyin to'p tepadi. Jamoa 2010 yil Pro ligaga (Birinchi liga) tushib ketganidan so'ng hali Superligada ishtirok etmagan. 

- "Sho'rtan" 7 yillik tanaffusdan so'ng yana Superligada o'ynaydi.


"Navbahor" - "Dinamo"

- "Dinamo" bu turda tarixiy g'alabani nishonlashi mumkin. Samarqandliklar Superliga doirasida hali mehmonda "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan, 26 ta o'yin 20 mag'lubiyat, 6 durang. 

- "Lochinlar" so'nggi bor 2014 yil o'z maydonida ochko yo'qotgan. O'sha o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

- "Dinamo"ga 10 yildan beri "Navbahor"ni yutish nasib qilayotgani yo'q, Samarqand jamoasi 2015 yil o'z maydonida 3 ochkolik bo'lgan (2:1).


"Nasaf" - "So'g'diyona"

- "So'g'diyona" ketma-ket 4 yildan buyon Qarshidan ochko bilan qaytmoqda. "Nasaf" o'z maydonida 2020 yildan buyon raqibini mag'lubiyatga uchrata olmayapti.

- Berdiev va Boshkovich qarama-qarshiligida ustunlik chernogoriyalik murabbiy tomonida. "So'g'diyona" ustozida 2 ta g'alaba, 2 ta durang va 1 mag'lubiyat bor. 

- "Ajdarlar" o'zaro uchrashuvlarda so'nggi bor 2023 yil jizzaxliklar ustidan yutuqni tantana qilgan (2:1).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика