Anchelotti: "Xavi qanday o'yinni ko'rishni xohlayotganini aniq biladi. U bilan jamoa yuksaladi"
11 jan 2022 23:28
Yangiliklar
Anchelotti: "Xavi qanday o'yinni ko'rishni xohlayotganini aniq biladi. U bilan jamoa yuksaladi"
12 yanvar kuni bizni "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi doirasidagi qarama-qarishilik kutmoqda.
Ushbu o'yindan oldin "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir necha savollarga javob berdi.
– Xavining qo'l ostidagi "Barselona" sizga yoqyaptimi?
– Albatta menga yoqyapti. Sababi, Xavi qanday o'yinni ko'rishni xohlayotganini aniq biladi. Xavida "Barselona"ning shaxsiyati bor. U bilan jamoa faqat yuksaladi.
– 17 ochkolik farq jamoalar darajasidagi tafovutni aks ettiradimi?
– O'yin 0:0 hisobidan boshlanadi. Hisob boshida teng bo'ladi. O'yin "Kamp Nou"da bo'lganida ham, "Barselona"da Xavi bo'lmagan paytda ham shunday edi, -deydi Karlo Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi o'yin 12 yanvar kuni 23:59 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar