Anchelotti: "Real" o'yinni boshidanoq nazorat qildi"
09 okt 2022 17:12
Yangiliklar
Anchelotti: "Real" o'yinni boshidanoq nazorat qildi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti LaLiganing 8-turi doirasidagi "Xetafe"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"O'yinni boshidanoq nazorat qildik va ertaroq oldinga o'tishga harakat qildik. Biroq keyinchalik vaziyatlarni yakunlay olmadik va bu o'yinning oxirigacha intrigani ushlab turdi. Penalti berishmadi, golimizni offsayd sababli inobatga olishmadi. Biz o'z vazifamizni bajara oldik. Militao va Ryudiger ajoyib o'yin o'tkazishdi.
Xar xil o'yinlar bo'ladi, bugun yaxshi o'ynadik. Futbolchilarimga kichik paslar orqali ortda xavf ostiga qo'ymaslikni aytgandim, ular to'pni yaxshi nazorat qila olishdi", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar