Anchelotti: "Mart oyida barcha turnirlarda etakchilik qilyapmiz"
15 mar 11:47
Yangiliklar
Anchelotti: "Mart oyida barcha turnirlarda etakchilik qilyapmiz"
"Real" ustozi Karlo Anchelotti jamoaning muvaffaqiyatli natijalaridan mamnun.
"Qiyinchiliklarga qaramay mart oyida barcha turnirlarda etakchilik qilyapmiz. Bunaqasi oxirgi uch yilda bo'lmagan.
Birinchi mavsum "Atletik" bizni Ispaniya Kubogidan chiqarib yuborgan, ikkinchisida LaLigada ancha orqada qolib ketgan edik... Hozir ilk marotaba uchchala turnirda etakchimiz. Bizda hammasi yaxshi, ammo bundanda yaxshiroq o'ynashimiz mumkin" - dedi "Real" ustozi.
Madridlilar 27ta o'yindan so'ng 57 ochko bilan LaLigada etakchilik qilishmoqda, ammo "Barselona" bitta kam o'yin o'tkazgan.
"Real" Chempionlar ligasi chorak finalida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.
"Qaymoqranglilar" Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk bahsida "Real Sosedad"ni 1:0 hisobida taslim qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar