Anchelotti CHL qurasidan so'ng "Atletiko"ning tviti haqida: "Tvit nima o'zi? Vaqtimiz ko'proq bo'lganida tushintirib berarsiz"
22 fev 19:52
Yangiliklar
Anchelotti CHL qurasidan so'ng "Atletiko"ning tviti haqida: "Tvit nima o'zi? Vaqtimiz ko'proq bo'lganida tushintirib berarsiz"
Karlo Anchelotti "Atletiko"ning "Real" haqidagi bahsi uchun qoldirgan tvitiga izoh bera olmadi.
Kecha Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qura tashlandi. "Atletiko" "Real" bilan o'ynaydi, birinchi bahs 4 mart kuni "Bernabeu"da o'tkaziladi.
"Atletiko" matbuot xizmati bu xabarga GTA: San Andreas o'yini startidagi memni tvitterga joyladi. Unda quyidagi so'zlar yoziladi: "Obbo, yanami" (Ah shit, here we go again).
- "Atletiko"ning qura haqidagi tvitiga qanday izoh bera olasiz?
- Tvit deganingiz nima? Vaqtimiz ko'proq bo'lganida tushintirib berarsiz (kulib).
Aslida bunday narsalarga etibor qaratmayman - dedi "Real" ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar