Amorim Garnacho yana nimalarni o'rganishi kerakligini aytdi
16 jan 23:27
Yangiliklar
Amorim Garnacho yana nimalarni o'rganishi kerakligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim vinger Alexandro Garnachoning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi.
"Unda iqtidor bor. U bu tizimda o'ynash uchun yo'llarni qidirmoqda, mashg'ulotlarda o'sishga harakat qilyapti. So'nggi o'yinda u asosiy tarkibda o'ynadi. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Menimcha u o'ziga bo'lgan qarashni o'zgartirdi.
Alexandro boshqa poziciyalarda ham o'ynashni o'rganishi kerak. U markazda o'ynagani yaxshiroq. CHunki u to'p yo'qotilganda poziciyani to'g'ri olishni ancha o'zlashtirdi.
Lekin bazida u oldinga o'tish kerak bo'lgan paytda boshqa joylarda bo'lib qolmoqda. Avvaliga jamoa himoyalanishni o'rganishi kerak deb hisoblayman, keyinchalik jamoaviy o'yinni qura olamiz", - dedi Amorim.
Oldinroq Garnachoga "Napoli" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar