So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  224 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  16 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

"Amerika"ni ham ko'rdik yoxud yolg'onchidan shon qolmas, nomidan nishon qolmas Yangiliklar

"Amerika"ni ham ko'rdik yoxud yolg'onchidan shon qolmas, nomidan nishon qolmas

Aslida bu mavzuni ochmoqchi emasdik.

Terma jamoa yig'inlari-yu, Kapadze shogirdlarining saralashdagi ishtiroki kun mavzusi bo'lib turgan pallada qo'lga qalam olishga, ayrim mulohazalarni yuritishga majbur bo'ldik. "Menga nima",- dedi Afandi. SHunday deb ketaversak ham bo'lardi. Lekin bu klub ertaga OCHLda butun O'zbekiston nomidan qatnashadi. Xalqaro maydonda O'zbekiston klubi, deb chaqiriladi. 

 Murabbiylar shtabida nima yuz beryapti?

Barchasi Qatardagi uchrashuvga borib taqaladi. Aynan shu bahsdan so'ng "Navbahor"ning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Aleksa Boshkovich Serbiyaga jo'nab ketgan. Keyinchalik buni klub matbuot xizmati rasman tasdiqladi. "Navbahor"da so'nggi 3 yilda 3 nafar jismoniy tayyorgarlik murabbiyi o'zgardi. 2021 yilgi mavsumdan so'ng ruminiyalik Augustin CHiricaga javob berib yuborilgan bo'lsa, 2022 yil Babayan bilan birga ishlagan serbiyalik Aleksandr Stoymirovich klubda ortiq qolmaslikka qaror qilib OKMKga yo'l olgandi. Ikkinchidan darvozabonlar murabbiyi Anton Mayranov ham ko'rinish berayotgani yo'q. Aniqlashimizcha, murabbiyning ayoli davolanish jarayonida ekanligi sabab ayni paytda uning o'rnida Nesterov mashg'ulotlarni olib bormoqda. Lekin suratda Anton Mayranov olib borayotgani ko'rsatilgan. 


"Amerikasini" ham ko'rdik yoxud "Navbahor" matbuot xizmati kimni aldayapti?

Uzun-quloq gaplar kechagi mashg'ulotda faqat 7 nafar futbolchi bo'lganini takidlamoqda. Endi shu kungi mashg'ulotlar jarayonidan suratlarni rasmiy sahifasiga joylagan klub matbuot xizmati katta sahnaga chiqdi. Ayoli davolanishda bo'lgan Mayranov, ikki xil butsadagi Milovich, AQSHdan darhol etib kelgan Iskanderov, Yaxshiboevning o'rniga termaga chaqirilgan Abror Ismoilov ham shu erda. 

Jamshid Iskanderov nima qilyapti bu erda?


Abror Ismoilov terma jamoa bilan AQSHga ketganmi yoki "Navbahor"da qolgan?


Milosh Milovich mashg'ulotlarda ikki xil turdagi va ikki xil rangdagi butsalardan foydalanadi!


200 foiz aniqki, bu o'tgan oydagi mashg'ulotdan suratlar, kechagi hattoki sentyabrdagi emas. Mantiq izlab boshlarim og'rib ketdi. Bu bilan "Al Hilol"ni chalg'itishingiz mumkin, lekin futbol ommasini alday olmaysiz. Yuqoridagi mashg'ulotga 7 nafar futbolchi kelgani haqidagi gap klub matbuot xizmatining nayrangidan so'ng haqiqatga o'xshayotgandek tuyulyapti. Bir muammoni berkitish orqali esa ikkinchi muammo yuzaga kelib bo'ldi. Tongga yaqin esa rasmlar o'zgarib qolganiga guvoh bo'ldik. Endi esa shubhalar yana oshdi. Klub matbuot xizmati kechagi mashg'ulotda bo'lmagan, degan xulosaga kelindi. 

"Navbahor"ning dushmani kim?

Championat.asia uchun Superligadagi 14, Pro ligadagi 11, Birinchi ligadagi 16 umuman har bir klub teng. Kerak pallada muammolari eshitiladi, maqtovga arzigulik jihatlari olib chiqiladi. "Navbahor"ning dushmani esa bu uning o'zi. Kecha tunda eski rasmlarni qo'yib yuborilishi xakerlarning hujumi bo'lmasa kerak? O'ziga o'zi dushman odamgina bu ishni qiladi. Raddiya berishga shoshilmang. CHunki biz o'zingiz elon qilgan narsani ko'rsatyapmiz. Osmondan olib emas. 


Muallifning boshqa fikr va mulohazalari uchun telegram kanali → Pressball

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика