Alonso yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
10 iyu 07:30
Yangiliklar
Alonso yirik mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso PSJdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"PSJ uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan jamoa. Biz esa yo'limizni endi boshladik. Bugun biz maydonda o'zimizni topa olmadik. Hissiyotlar yaxshi emas. Birinchi bo'lim so'nggida uchinchi golni o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi. Biz ayni vaqtda juda zo'r formada bo'lib turgan raqibga qarshi bahs olib bordik. Bugun "Real" ham boshqalar singari ushbu jamoa qarshisida "ojiz" edi. O'sish uchun imkoniyatlarimiz bor va biz buni qanday amalga oshirish kerakligini yaxshi bilamiz. Bugungi o'yin bizga xatolarimizni ko'rib olishimizga imkon berdi. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz", - dedi Alonso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar