Alonso Kilian Mbappe jarohat olganini malum qildi
06 okt 18:16
Yangiliklar
Alonso Kilian Mbappe jarohat olganini malum qildi
Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso malum qildi, deya mutaxassis so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
Shanba oqshomida "Real" o'z maydonida "Vilyarreal"ni (3:1) mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv yakunlanishiga oz qolganida Mbappe uchinchi golga mualliflik qildi va oradan bir necha daqiqa o'tib, zaxiraga olindi.
"Kilianda to'pig'i bilan muammo mavjud", — dedi Alonso. — U Franciya terma jamoasi yig'iniga bormaydi, deya olmayman. Hozir u og'riq his qilmoqda. U ushbu masalani terma jamoadagilar bilan ham muhokama qilib olishi zarur".
"Marca" nashri takidlashicha Mbappe o'ng oyog'i to'pig'idan jarohat olgan, shunga qaramay, u Franciyaning JCH-2026 saralashidagi uchrashuvlariga yo'l olishi mumkin. Franciyaliklar o'z uyida Ozarbayjonga qarshi (10 oktyabr) va safarda Islandiyaga qarshi (13 oktyabr) maydonga tushadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar