So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Allegri "Yuventus" darvozasini kim qo'riqlashini, Ronaldu qachon debyut qilishi va "Kevo" bilan kimlar o'ynashi haqida gapirdi - matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

Allegri "Yuventus" darvozasini kim qo'riqlashini, Ronaldu qachon debyut qilishi va "Kevo" bilan kimlar o'ynashi haqida gapirdi - matbuot anjumani (to'liq)

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning birinchi turi doirasidagi "Kevo"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Yangi mavsum doim avvalgisidan qiyin kechishi haqida har yili gapiraman. "Yuventus" jahonning eng kuchli futbolchisi - Ronalduni oldi, Bonuchchi jamoaga qaytarildi. Ular bilan bir qatorda Jan, Kanselu va Spinaccola jamoaga olib kelindi. "Yuventus" boshqa jamoalar singari yaxshi xaridlarni amalga oshirdi. Endi esa transferlar eyforiyasi bilan yashamasdan, osmondan erga tushish payti keldi".

- "Krishtianu Ronaldu uchun ertangi bahs yangi chaqiruv, yangi tajriba bo'ladi. Ronaldu yuqori ishtiyoqda bo'lajak uchrashuvni kutmoqda".

- "Kevo"ga qarshi uchrashuv oson kechmaydi. Bu jamoa o'z uyida, muxlislari qarshisida mavsumdagi ilk bahsda o'zini ko'rsatishga, yaxshi natija qayd etishga harakat qilishi aniq. "Kevo"ni Italiya chempionati va ECHL favoritiga qarshi o'ynayotgani ko'p ham qiziqtirmaydi. SHu boisdan ham raqibni hurmat qilmoq lozim. Ertangi uchrashuvdagi eng muhim narsa - g'alaba. Mavsumdagi ilk o'yin juda muhim".

- "SHaxsan o'zim uchun ham "Yuventus"ni maydonga ko'rish, nimalarga qodir ekanligimizni tekshirib olish qiziq tuyulmoqda".

- "Kevo" bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan besh nafar futbolchini nomi malum - Ronaldu, SHensni, Kanselu, Aleks Sandro va Pyanich. Qolgan futbolchilarni esa o'yin oldi mashg'ulotdan so'ng aniqlaymiz. Matyuidi endigina to'liq mashg'ulotlarda qatnashishni boshladi. Qolgan futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Ertaga kimlardir 50 daqiqa, qolganlar esa 1,5 soat vaqt mobaynida o'ynashadi".

- "Ronaldu faoliyati davomida 5 marotaba "Oltin to'p" sohibiga aylangan. Krish doimo maksimal vazifalarni bajarishni yoqtiradigan futbolchi. Men 15 kunlik mashg'ulotlar chog'ida unda qandaydir g'ayri-tabiiy jihatni ko'rmadim, ammo shuni aytishim kerakki, Ronalduni boshqalardan ajralib turadigan sifatlarga ega futbolchi. Messi bilan bo'lgan 11 yillik kuchli raqobat unga qo'shimcha motivaciya taqdim etgan".

- "Ronalduni jamoamizda borligi bizga g'alabani kafolatlamaydi. Qachonki butun jamoa to'g'ri o'ynasa va birdek mehnat qilsagina Ronalduning nafi tegadi. Yaxshi jamoa uchun barcha futbolchilar yuqori sifatli futbol ko'rsatishlari muhim. Muvaffaqiyat kaliti shunda".

- "Markizio? SHaxsan o'zim Markizioga rahmat aytmoqchiman. U bilan bo'lgan 4 yillik faoliyatim davomida Markizio yuqori insoniylik sifatlarga egaligi, yuksak professional va ajoyib futbolchi ekanligini tushundim. "Yuventus"ga kelgan har bir futbolchi uchun Markizio haqiqiy o'rnak. Markizio Turin klubi bilan 25 yilni birga o'tkazdi. Uning jamoadan ketish qarorini birgalikda qabul qildik. Endilikda Markizio uchun boshqa jamoaga o'tish yangi tajriba bo'ladi", - dedi Allegri.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика