So’nggi yangiliklar

17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 17:14Суперлига. "Андижон" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  2 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  12 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  20 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7

Alisson "CHelsi"ga qarshi penaltilar seriyasi vaqtida hiyla ishlatdi. Payqadingizmi? Yangiliklar

Alisson "CHelsi"ga qarshi penaltilar seriyasi vaqtida hiyla ishlatdi. Payqadingizmi?

U "CHelsi" posboni Eduar Mendining rejasini buzdi.

"Liverpul" va "CHelsi" 4 oy ichida ikkinchi marta sovrin masalasini penaltilar seriyasida hal qildi – va yana Klopp jamoasi omadliroq chiqdi.

"Liverpul"ning braziliyalik darvozaboni Alisson Meyson Mauntning zarbasini qaytardi va jamoaga Angliya Kubogini yutib berdi. Seriya davomida ziyrak muxlislar posbonning kichik hiylasini payqab qolishdi.

Har bir penaltidan so'ng u to'pni olib, 11 metrlikni tepishi kerak bo'lgan jamoasi futbolchisiga berdi. SHu tariqa, to'p "CHelsi" darvozaboni Eduar Mendiga tushmadi.

Fevral oyida Mendi Misrga qarshi Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal darvozasini qo'riqladi. Uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar cho'zildi va u erda Mendi shaxsan o'zi to'pni raqiblarga topshirdi, keyin esa darvozaga turishga unchalik shoshilmadi.

Ko'pchilik Mendi buni raqiblarini g'azablantirish uchun ataylab qilgan deb hisobladi. Taktika ish berdi: Senegal penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Ammo Alissonning ayyorligi tufayli Mendi "Uembli"da ham xuddi shunday taktikani qo'llay olmadi.

G'alabadan so'ng Alisson shunday dedi: "Ajoyib, biz juda yaxshi o'ynadik. Bu haqiqiy jang bo'ldi, o'z darvozamizdan to'p olib chiqmadik, keyin esa yigitlar penaltidan unumli foydalanishdi. Qilishim kerak bo'lgan yagona narsa g'alaba seyvi edi. Men va Mendi qoyilmaqom seyvlarni amalga oshirdik. Jamoa yordamisiz buni uddalay olmasdim".

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика