So’nggi yangiliklar

08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  0 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  5 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  2 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  3 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  78 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1

Aleksandr Xomyakov: "Tezkor gol rejamizni o'zgartirib yubordi. Xalqaro maydon haqida o'ylashga hali erta" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Tezkor gol rejamizni o'zgartirib yubordi. Xalqaro maydon haqida o'ylashga hali erta"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.


"Yutqazdik. Nimadir deyish qiyin. Yomon o'ynadik, birinchi golni keraksiz joyda o'tkazib yubordik. O'zimiz yaratgan vaziyatlarda diqqat, aniqlik etishmadi. "Paxtakor" bilan ochiq o'yin qanday bo'lishini ko'rdik. Raqib haqli ravishda g'alaba qozondi. Etiborliroq bo'lishimiz kerak edi", - deydi Aleksandr Xomyakov.

- "Andijon" ko'pgina uchrashuvlarda ikkinchi raqam bo'lib o'ynaydi. Bugun esa jamoangiz ancha hujumkor futbol namoyish etdi? Bunga sabab nima?

- Raqibning tezkor goli bizni bunday qilishga majbur qildi. O'yinga ikkita reja tayyorlagandik, uchta markaziy himoyachi bilan va ikkita markaziy himoyachi bilan. Rejamiz maydon markazida yaxshiroq harakatlanish va ko'proq to'pni olib qo'yishdan iborat edi. "Paxtakor"ning kuchsiz tomonlaridan kelib chiqib, bunday qarorga kelgandik. Ochiq futbol va natija uchun futbol o'ynash umuman boshqa narsalar. O'z vaziyatlarimizdan foydalanganimizda barchasi yaxshi bo'lardi. "Paxtakor"ga qarshi ochiq o'yin taklif qilish qiyin. So'nggi vaqtlarda to'pga yaxshi egalik qila olyapsiz, ammo bugun to'pni raqibga berib qo'yish va zichroq himoyalanish to'g'riroq bo'lar edi. Keraksiz joyda gol o'tkazib yubordik va barchasi o'zgarib ketdi. Balki, o'zgarishlarda xato qilgandirman.

- Jamoa ikkinchi taymga kuchsizroq bo'lib maydonga tushgandek ko'rindi...

- Muammo o'zgarmayapti. Biz ko'p vaziyatlarda oddiy vaziyatlarda to'pni yuqotayapmiz. To'pga egalik qilishimiz bilanoq darrov hujumga o'tishni boshlaymiz. Bu noto'g'ri, o'yinni boshqarishni bilish kerak. Kerakli pallada hujumga zo'r berish, ayrim bir vaziyatlarda to'pni o'zimizda ko'proq ushlab turish. Biz shoshyapmiz. Jamoa to'pni olib qo'yish uchun ham ko'p kuch sarflamoqda. Biz bugun raqibga ko'p bosim qildik, ammo "Paxtakor" futbolchilarni bizning pressingimizdan osonlik bilan chiqib ketishdi. Jamoam yomonroq o'ynadi demayman, lekin ayrim bir vaziyatlarda sustroq o'ynadik.

- Kubok finalidan so'ng o'yinchilarda futbol o'ynash uchun ishtiyoq qolmadimi? Futbolchilarda motivaciya qolmagandek?

- Qanday qilib yigitlarda motivaciya bo'lmasligi mumkin, musobaqa jadvaliga bir nazar tashlang. Katta ehtimol, bu charchoq alomatlari. Motivaciya yo'q emas.

- “Andijon” jamoasi keyingi mavsum OCHL-2 musobaqasida ishtirok etadigan bo'ldi. Jamoa xalqaro maydon bahslariga qanchalik tayyor deb o'ylaysiz? Tarkib, sharoitlar va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, albatta.

- Oldinda hali 4 ta uchrashuvimiz bor. Keling, shu o'yinlar haqida bosh qotiraylik. Mavsum tugaganidan keyin esa barchasini o'ylab ko'ramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика