So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  2 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Aleksandr Xomyakov: "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin futbolchilarim bugun katta bosimsiz g'alaba qozonamiz deb o'ylashdi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin futbolchilarim bugun katta bosimsiz g'alaba qozonamiz deb o'ylashdi"

O'zbekiston Kubogi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi ko'rsatgan o'yinimiz uchun barchadan uzr so'rayman. O'yinni uxlab qolgandek bo'lib boshladik va raqibga ikkita golni sovg'a qildik. Bu esa ularga komfort holatni taqdim qildi. Ikkinchi bo'limda barchasini o'zgartirishga harakat qildik. O'ylaganimizning barchasini amalga oshira olmadik. Hisobni tenglashtirgandik, afsuski, yana "uxlab qoldik" va gol qo'yib yubordik. Raqiblar g'alabani ko'proq istadi, ular yaxshi himoyalanishdi va o'yin ritmini nazorat qilib turishdi. "Surxon" g'alabaga loyiq edi. O'yin oldidan raqibni o'rganganimizda "Surxon"ni bizga noqulay raqibligini, ularga o'zlari istagandek o'yin ko'rsatmasligi kerakligini tushuntirgandik. Aks holda bizga katta muammolar keltirishini bilardik. Shunday bo'ldi ham. Yana bir bor muxlislardan uzr so'rayman.

- "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoangiz xotirjamlikka berilmadimi?

- Biz bu haqda ko'p gapirdik. Maydonga tushdik, o'zimizga ishondik. Bugungi g'alaba bizga qalban sokinlik taqdim qilardi. Futbolchilarim "Surxon"ni katta bosimsiz mag'lub qila olamiz deb o'ylashgandi. Ammo doimo takror va takror ularga "Surxon"ning bizga noqulay raqibligini va bosim katta bo'lishini tushuntirgandik. Balki futbolchilarim tiklanishga ulgurmagandir, balki men tig'iz taqvim sababli ko'zda tutilgan rotaciyani to'g'ri amalga oshirmagandirman. Oldimizda "Dinamo"ga qarshi o'yin bor, shu boisdan ayrim futbolchilarimga kuch to'plab olish uchun vaqt berdim. Bugun maydonga tushishni istagan, o'ynay oladigan futbolchilarga imkoniyat berdim. Bu erda barcha ayb menda. Raqib g'alabani bizdan ko'ra ko'proq istadi.

- "Andijon"ning asosiy hujumchisi Islam Mashukov hali gol urgani yo'q. Bunga sabab nimada?

- U yuqori sifatli hujumchi. Balki hali moslashish jarayoni yakuniga etmagandir. Unga katta umid bildiryapmiz. Bir qancha vaqt o'tib, u gollar uradi va jamoaga foyda keltiradi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика