So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi davrada bor-yo'g'i 7 ochko ishladik. Murabbiylar masalasi rahbariyatga bog'liq" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Ikkinchi davrada bor-yo'g'i 7 ochko ishladik. Murabbiylar masalasi rahbariyatga bog'liq"

Superliga 24-tur doirasidagi "Andijon" - "Qizilqum" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi bahs katta ahamiyatga ega ekanligi aniq edi. Bugun g'alaba qozona olgan jamoa musobaqa jadvalida ancha yuqorilab olardi. Raqib bugun tartibli himoyalandi va ko'proq qarshi hujumlarga suyandi. Bitta xato barchasini hal etishi mumkin edi. Afsuski, bugun ham gol ura olmadik. Himoya xato qilmaganimiz meni xursand qildi, lekin raqib vaziyatlarga ega bo'ldi. Bugungi natijani adolatli deb o'ylayman", - dedi Aleksandr Xomyakov.


- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni qanchalik kuchaytira oldi?

- Bizga qanotdagi kreativlik etishmadi. Maydon markazi orqali hujum qilish xavfli edi. O'zgarishlar esa o'yinimizni kuchaytirdi deya olmayman. Bugungi o'yin natijasini zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilar hal etishi mumkinligini barchaga aytgan edim. Afsuski, bunday qila olmadik.

- Mavsum yakunlanib bormoqda. "Andijon" esa ochkolarni yo'qotishda davom etmoqda. Rahbariyat, muxlislar va futbolchilarni bu jihat xavotirlantiryaptimi?

- Albatta. Biz ikkinchi davrada bor-yo'g'i 7 ochko ishladik va bitta g'alaba qozondik, xolos. Bu bizni xavotirlantirayotgani aniq.

- Ancha vaqtdan buyon maydonga tushmayotgan yoki so'nggi daqiqalarda o'z imkoniyatiga ega bo'layotgan Luka Zgurskiy bugun asosiy tarkibdan o'rin oldi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- "Qizilqum" uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynaydigan jamoa edi. Zgurskiy markaziy himoyachilarning etiborini tortishi kerak edi. Ikkinchidan, u so'nggi mashg'ulotlarda o'zini yaxshi tomonlama namoyish etgandi. SHu sababli, unga ishonch bildirgandim. Luka juda yomon o'ynadi deya olmayman. To'g'ri, hujumchi gol urishi kerak, ammo biz bugun deyarli vaziyatlar yarata olmadik.

- Keyingi mavsumda Vitaliy Levchenko "Andijon" jamoasida ish boshlashi mumkin degan xabarlar tarqaldi. Bundan xabardormisiz?

- Mendan so'rayapsizmi? Bu menga bog'liq emas. Natijalar yaxshi bo'lmayapti, lekin barchasi rahbariyatga bog'liq. Barchasi rahbariyatning qaroriga ko'ra bo'ladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика