So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  36 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  27 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  12 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

Aleksandr Krestinin: "Natijadan qoniqmadik, ammo sifatli futbol ko'rsatdik" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Natijadan qoniqmadik, ammo sifatli futbol ko'rsatdik"

Qirg'iz Respublikasi ustozi Aleksandr Krestinin "Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi Tojikistonga qarshi 3-o'rin uchun kechgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

- O'yin haqida

- Natijadan qoniqmadik, ammo sifatli futbol ko'rsatdik. Vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsadik. Birinchi taymda ham, ikkinchi taymda ham ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Yakkakurashlarda, to'pga egalik qilishda ustun keldik, to'pni kam yo'qotdik. Kamchilik bo'lib qolgan bo'lsak-da, o'yinni nazorat qildik. Darvozamiz oldida xavfli holatlar yuzaga kelmadi. Bunday o'yinlarda yutqazish alamli, chunki butun uchrashuv davomida ustunlik biz tomonda edi. Yaxshi hamki, bu rasmiy o'yin emas. Umid qilamanki, rasmiy bahslarda hammasi yaxshi bo'ladi.

- Bahsda qizil kartochkalar ko'p bo'ldi, bu haqda qanday fikrdasiz?

- Hakamlikni muhokama qilmayman. Futbolchimiz o'zini bunday tutmasligi kerak edi. U bilan jiddiy gaplashib oldik.

- Valeriy Kichin nega o'yinda ishtirok etmadi? Uning yo'qligi o'yinga tasir qildimi?    

 - Albatta, u jamoamiz sardori. Uning jamoada tutgan o'rni katta. Biroq biz bir o'yinchiga qarab qolmasligimiz lozim. U o'zaro kelishuvga ko'ra klubiga qaytib ketdi. Ammo agar u jarohatda yoki diskvalifikaciyada bo'lganda-chi? Biz u bilan ham, usiz ham o'ynashga tayyormiz. Bu terma jamoa, bu erga hamma kuchli futbolchilar yig'ilgan. Hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, shu bois doim tayyor turish kerak.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика