Aleksander-Arnold Vinisius bilan kutilayotgan duel haqida to'xtalib o'tdi
28 may 2022 22:25
Yangiliklar
Aleksander-Arnold Vinisius bilan kutilayotgan duel haqida to'xtalib o'tdi
"Liverpul" o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold CHempionlar Ligasi finalida Vinisiusga qarshi o'yindan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.
"Real Madrid"ga qarshi o'ynaganingizda, siz jahon darajasidagi o'yinchilarga qarshi turishni kutasiz. Butun maydonda duellar bo'ladi. Bizda ularning hujumlariga qanday dosh berishga asoslangan rejamiz bor.
Vinisius – qoyilmaqom o'yinchi, u buni ayniqsa, joriy mavsumda gol urib, pas oshirib ko'rsatdi. Uni kuzatish qiziq.
Biz o'z ishimizni individual va jamoaviy tarzda yaxshi bajarishimiz kerak. Bu jamoaviy o'yin va yakunda jamoa g'alaba qozonadi", – dedi angliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" va "Real" o'rtasidagi CHempionlar Ligasi finali bugun Parijda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar