Albaniyada Parlament yig'ilishi Evro-2024 o'yinlari sabab bekor qilindi
14 iyu 14:27
Yangiliklar
Albaniyada Parlament yig'ilishi Evro-2024 o'yinlari sabab bekor qilindi
Deputatlar terma jamoa o'yinlariga borishadi.
Albaniyada Evro-2024 boshlanishi munosabati bilan Parlament yig'ilishi bekor qilindi, deb xabar berdi "Diario AS".
Xabar qilinishicha, bu haftadagi yig'ilish payshanbadan chorshanba kuniga ko'chirilgan, keyingi haftadagi yig'ilish esa bekor qilingan, chunki ko'plab deputatlar milliy terma jamoa o'yinlari uchun Germaniyaga borishni xohlamoqda. Albaniya muxolifatdagi Demokratik partiyasi rahbari Gazment Bardi Bosh vazir Edi Ramaga murojaatida buni sharmandali harakat deb atadi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2024 turniri 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada o'tkaziladi. Albaniya terma jamoasi ilk uchrashuvini 15 iyun, shanba kuni Italiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar