So’nggi yangiliklar

16:34ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Машъал" (Онлайн натижа)  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  0 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   11 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  3 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  2 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0 12:40Эрон билан ўйинда ишлайдиган ҳакам Даврон Ҳошимовга қизил карточка кўрсатган  4 12:22Майну Англиянинг бўлажак ўйинларини ўтказиб юборади, Кейн — таркибда  0 11:54Терма жамоага чақирилган легионерлар: ўтган бир ойни ким қандай ўтказди?  14 11:47Саудия Арабистони ва МЛС клублари Погба бўйича маълумотларни сўраган  0 11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  8 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  1

"Al Sadd" safidagi "yirtqichlar" haqida Yangiliklar

"Al Sadd" safidagi "yirtqichlar" haqida

Bir necha soatdan keyin "Nasaf"ning OCHL guruh bosqichidagi yurishi boshlanadi.

Al-Sadd

Boualem Khoukhi - 55'

AFC Champions League Grp. E . 1-tur

08/04/2022, 22:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf Qarshi

Pedro Miguel - 31'

45'
90'
27'  Abdelkarim Hasan Fadlalla
55'  Boualem Khoukhi
55'  Santi Cazorla
61'  Pedro Miguel
63'  Pedro Miguel
68'  Ali Assadalla (Mohammed Waad)
68'  Hassan Al Haidos (Tarek Salman)
81'  Akram Afif (Salem Al Hajri)
11'  Semir Smajlagic
31'  Pedro Miguel
46'  Shakhzod Akromov (Sukhrob Nurulloev)
50'  Sukhrob Nurulloev
54'  Semir Smajlagic (Khusayin Norchaev)
61'  Alibek Davronov
67'  Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)
75'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)

Kun davomida "ajdarlar"ning ayni paytdagi holati, o'zaro uchrashuvlar tarixi va taxminiy tarkiblar haqida malumot berildi. Berdiev uchun himoyadagi muammolar katta bosh og'rig'i bo'lishi aytilmoqda. Baxtga qarshi, doxaliklarning hujum chizig'i ham dahshatli formaga kirib olgan. Hozir shu haqda.

Santi Kasorla (37 yosh)

"Arsenal"dagi o'yinlari bilan sizga yaxshi tanish bo'lgan ispaniyalik yarim himoyachi "Al Sadd" tarkibiga bundan 2 yil oldin "Vilyarreal"dan kelib qo'shilgan edi. Santyagoning Doxa klubidagi o'rni beqiyos. Himoyadagi to'pni oldingi chiziqqa ko'chirish asosan Kasorla vositachiligida amalga oshiriladi. U bugunga qadar qatarliklar libosida 59 uchrashuvda maydonga chiqib, o'z nomiga 28 gol va 27 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.


Andre Ayyu (32 yosh)

Franciyada tug'ilgan, ammo Gana terma jamoasi sharafini himoya qiladigan hujumchi faoliyatining katta qismini Franciya, Angliya va Turkiya chempionatlarida o'tkazgan. U "Al Sadd" tarkibiga 2021 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Yulduzlar ligasining ortda qolgan mavsumida 22 turning 21 tasida maydonga tushgan Ayyu 15 ta gol urib, Doxa klubining eng yaxshi to'purariga aylandi.


Bag'dod Buneja (30 yosh)

Jazoir terma jamoasi forvardi Osiyoda to'p tepadigan eng kuchli markaziy hujumchilardan biri hisoblanadi. "Al Sadd" safida 2016 yildan beri harakatlanib kelayotgan futbolchi o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. U 2018 yilda "Nasaf", 2019 yilda "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qilgan edi. Bunejaning Qatardagi statistikasi esa shunchaki qo'rqinchli: 116 o'yinda 130 gol va 35 ta assist. 


Akrom Afif (25 yosh)

Ispan akademiyalarida tahsil olgan futbolchi La Ligada to'p tepib, o'zini Belgiyada ham sinab ko'rishga ulgurgan. "Al Sadd" legionerlari qayd etayotgan statistika haqida yuqorida aytdik. Lekin jamoadagi eng xavfli o'yinchi aynan Afif hisoblanadi. U Yulduzlar Ligasining oxirgi mavsumida 18 o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 17 bor jamoadoshlariga shunday imkoniyat yaratib berdi.


Bundan tashqari, "ajdarlar"ning mudofaa chizig'i 41 yoshli Rodrigo Tabatadan ehtiyot bo'lishi talab qilinadi. Bir so'z bilan aytganda "Nasaf"ni juda qiyin sinov kutib turibdi. Nima deb o'ylaysiz: Berdiev jamoasi bugun nolga o'ynay oladimi?

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика