So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

"Al Mumtoz" tarixidan. Anvar Berdievning yubiley uchrashuvi qanday o'tgandi? Yangiliklar

"Al Mumtoz" tarixidan. Anvar Berdievning yubiley uchrashuvi qanday o'tgandi?

Xabaringiz bor, bugun Superliganing 6-tur bahslari davom ettiriladi.

Saytimiz ijodkorlari mazkur uchrashuvga oid bir qator fakt va malumotlarni etiboringizga havola etib borishmoqda. Jumladan bugun sizlar bilan 2018 yilgi Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi bahsni yodga olamiz. Yodingizda bo'lsa, o'sha uchrashuvda taniqli hujumchi Anvar Berdiev milliy chempionatlarimizdagi 500-yubiley o'yinini o'tkazgan edi.


Shukurali Po'latov va Abdumavlon Abdujalilovlar o'sha paytda "Neftchi" sharafini himoya qilishar edi.



Alisher Samatov va Mirjamol Nematov. Orqa fonda "Paxtakor" legionerlari Ismoil Gonsalvesh va Tiago Bezerralar ko'zga tashlanmoqda.



"Paxtakor"ni Jaloliddin Masharipov, "Neftchi"ni esa Shukurali Po'latovlar sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edilar.



O'yindan oldingi salomlashish jarayoni. Po'latov, Abdujalilov Samatov va Masharipov.



Mazkur uchrashuvda "Neftchi"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilar.



Bu esa "Paxtakor" jamoasining asosiy tarkib futbolchilari.



Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov, Abdul Aziz Yusupov.



Akmal Shorahmedov "Neftchi" vakili Iskandar Shoyqulovga qarshi.



Egor Krimec boshi bilan to'pga zarba yo'llab "Neftchi"ning hujumini qaytarmoqda.



Abror Ismoilov "Neftchi"ning navbatdagi hujumini tashkil etmoqda. Qiziq, Ismoilov o'sha vaqtda bir kun kelib "Paxtakor" safida to'p tepishini siz tasavvur qilganmidingiz?



Ismoil Gonsalveshga qarshi Iskandar Shoyqulov.



Nihoyat gol bo'ladigan vaziyat ham etib keldi. Tajribali hujumchi Anvar Berdiev maydonga tushdi.



Gol! Anvar Berdiev o'zining 500-uchrashuvida "Paxtakor" darvozasini ishg'ol etdi.



Tajribali hujumchini yubiley bahsi bilan "Neftchi" futbolchilari qanday tabriklagan edilar?


Anvar Berdievning 500-bahsi “Paxtakor”ga qarshi bahsga to'g'ri keldi. Hujumchi mazkur o'yinda zahiradan maydonga tushdi va “Neftchi” uchun muhim bo'lgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng stadionda futbolchini jamoadoshlari 500 raqami tushirilgan futbolka bilan tabriklashdi.




Superliga-2018. 15-tur
12 iyun.
“Neftchi” – “Paxtakor” 1:1 (0:0)

Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Serazetdinov, A.Usmonov, D.Jalimov.
Nazoratchi – O.Dachev.
Komissar – J.Rahmatullaev.

Gollar: Anvar Berdiev (1:0), Tigago Bezerra (1:1)

"Neftchi": Abdumavlon Abduljalilov, Iskandar Shoyqulov, Shukurali Po'latov (s), Abdulaziz Yusupov, Abror Ismoilov, Avazbek O'lmasaliev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhoqov, Alisher Samatov, Mirjalol Nematov, Shodiyor Hojimatov
Zaxira: Farrux Turdaliev, Abbosbek Maxstaliev, Anvar Berdiev, Ibrohim G'ofurov, Davron Mamatov, Avaz Agaliev, Xurshidbek Asqaraliev, Islombek Karimov, Doston Tursunov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec, Sherzod Azamov, Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov (s), Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Jasurbek Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Jasurbek Yaxshiboev, Doston Ibrohimov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak.



Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика