"Al Ittihod" "Lacio" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
07 sen 2023 20:10
Yangiliklar
"Al Ittihod" "Lacio" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
“Al Ittihod” tarkibini braziliyalik Luis Felipe bilan kuchaytirdi.
26 yoshli futbolchi bilan imzolangan shartnoma shartlari hozircha malum qilinmagan.
Luis Felipe 2016 yil yozidan beri Evropada o'ynab kelayotgandi. Bu vaqt ichida himoyachi “Lacio”, “Salernitana” va “Betis” klublarida to'p tepdi. Endilikda Felipe Saudiya Arabistonida yuqori darajadagi o'yin ko'rsatishga harakat qiladi.
Transfermarkt portali ekspertlari futbolchini 15 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Al Ittihod” Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar