So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

"Al Faysali" ustozi Marinos Uzunidis: "Nasaf"da bizdan ko'ra ko'proq bosim bor" Yangiliklar

"Al Faysali" ustozi Marinos Uzunidis: "Nasaf"da bizdan ko'ra ko'proq bosim bor"

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda "Al Faysali" bosh murabbiyi Marinos Uzunidis va jamoa himoyachisi Hussayn Salim ishtirok etdi.

"Musobaqa boshlanganiga bir hafta bo'ldi. Bu degani endi jamoalarda charchoq alomatlari sezila boshlaydi. O'yinlar yuqori tempda o'tmoqda. SHu sabab ham biz o'yin jarayonida anchagina aqlliroq bo'lishimiz kerak. Tanamizdan ko'ra aqlimizni ko'proq ishlatishimiz lozim. 

O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bilan to'qnash kelayotganimizni yaxshi bilamiz. Adamshmayotgan bo'lsam, ularning murabbiyi jamoani o'n yildan beri boshqaradi. "Nasaf" yosh o'yinchilardan tashkil topgan jamoa. Aynan shu sabab ham yuqorida takidlaganimdek, aqlli o'yin ko'rsatishimiz kerak. 

"Al Sadd"ga qarshi o'yindagi g'alaba bizni juda quvontirdi. Bu OCHL musobaqasida jamoa tarixidagi birinchi g'alaba edi. Biz "Nasaf"ga qarshi "Al Sadd" bilan o'yindagidan ko'proq etibor qaratimiz kerak. Natija bizga bosim yuklamaydi. Maydonda yaxshi jamoa sifatida o'z o'yinimizni ko'rsatish biz uchun muhim", – dedi Marinos Uzunidis.

"Biz musobaqa davomida ochilib bormoqdamiz. Birinchi o'yinda durang o'ynadik, ikkinchi o'yinda esa g'alabaga erishdik. Har bir jamoani hurmat qilamiz. Biroq biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz", – dedi Hussayn Salim. 

- "Nasaf" bosh murabbiyi "Al Faysali"ning ojiz nuqtasi nimada ekanligini aytdi. "Al Faysali"ning bunga javobi qanday?

- Kamchilik hammada bor. Menga kamchiligi bo'lmagan biror klubni ayta olasizmi? Dunyodagi istalgan klubning ojiz nuqtasi, kamchiligi bor. Bu bizning kasbimiz. O'yinni ko'ramiz va raqibning kamchiligini aniqlaymiz. Bu murabbiylar, o'yinchilar va boshqa xodimlar uchun normal holat. Biz aynan shu kamchiliklardan qanday qilib foydalanish borasida futbolchilarga ko'rsatma beramiz. "Nasaf"da kamchilik yo'q deb o'ylaysizmi? Albatta, bor. Biz aynan shu kamchiliklardan foydalanishga harakat qilamiz. "Nasaf"da bizdan ko'ra ko'proq bosim bor. 

- Tarkibni tanlash borasida nim deya olasiz? 

- Tarkib borasidagi qarorni so'nggi daqiqalarda hal qilamiz. Har kuni har xil vaziyat yuz beradi.  Bu uchinchi o'yinimiz. Bazi o'yinchilar charchagan bo'lishi mumkin. SHu sabab ham hozir men bunga to'xtalmoqchi emasman. Bizda yana bitta tungi mashg'ulot bor. O'yin uslubimizga kelsak, biz futbol o'ynashga harakat qilamiz. Bizga bosim bo'lganida uzun to'plar bilan o'ynashga to'g'ri keladi. Bizga qolsa, to'pni ko'proq nazorat qilishni xohlaymiz. Bizda kuchli va tezkor hujumchilar bor. Agar bo'shliq paydo bo'lsa, albatta uzun paslar bilan ham o'ynaymiz. Ammo normal holatlarda men jamoaga futbol o'ynashlarini, to'pga egalik qilib, raqibni yugurtirishlarini topshiriq qilib beraman. 

- "Al Faysali"ning OCHLdagi tarixiy g'alabasidan so'ng "Nasaf" bilan o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rilmoqda?

- Aytganimdek, biz kamtar bo'lishimiz kerak. Sababi hozir bizdan kutilayotgan narsa aslida qo'limizdan kelmasligi ham mumkin. O'yinchilarga kelasi o'yin avvalgisidan qiyinroq ekanligini takidlayman. Hayot ham shunday, ertangi kun kechagidan ko'ra muhimroq. O'yinga bor etiborimizni jamlab, tartibli harakat qilishimiz lozim. "Al Sadd"ni mag'lub qildik, biz endi katta jamoamiz deyish noto'g'ri bo'ladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика