So’nggi yangiliklar

21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0

Akmal Xolmurodov: "Butun Samarqand katta futbolni sog'inib qolgan" Yangiliklar

Akmal Xolmurodov: "Butun Samarqand katta futbolni sog'inib qolgan"

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan yangi mavsum oldidan “Dinamo” jamoasi taqdimot marosimini o'tkazdi.

Tadbir Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, yuzlab muxlislar va OAV ishtirokida o'tdi.

Yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimidan so'ng “Dinamo” jamoasi sardori Akmal Xolmurodovning boshlanayotgan Soca-Cola Superligasi bahslari haqidagi fikrlari bilan tanishdik.

- Avvalambor, barchani yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bugun taqdimot marosimi ajoyib, yuqori darajada o'tdi. Katta zalda yuzlab muxlislar va viloyat hokimi ishtirokida biz futbolchilarni bu daraja katta etibor bilan kutib olishlarini kutmagandik. Ishonch uchun rahmat, bunday etibor va ishonchni oqlash uchun bor kuchimizni ishlatamiz.



Yangi mavsum oldidan puxta tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Yig'inimiz yakunida Superligaga o'ynashimiz aniq bo'lgach, bu barcha futbolchilarga ham qo'shimcha masliyat va motivaciya berdi. “Dinamo” katta bir oilaga aylangan. Menimcha, bizning eng katta kuchimiz birdamligimizda.

Dastlabki turda “Nasaf”ga qarshi o'ynaymiz. Ushbu jamoa hurmatga sazovor raqibdir. “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi jangovar va shiddatli o'tishiga shubham yo'q. Tanishtiruv marosimida yuzlab muxlislardan sezdimki, butun Samarqand katta futbolni sog'inib qolgan. O'ylaymanki, “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvida o'yingoh muxlislar bilan liq to'lib, samarqandlik ishqibozlar bizning “12-o'yinchi”mizga aylanishadi. Barchani shanba kuni “Dinamo” stadioniga chorlab qolaman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика