So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Akmal SHorahmedov: “Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi” Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: “Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi”

Kecha bo'lib o'tgan “Buxoro” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvidan so'ng. Jamoamizning etakchi futbolchisi, tajribali himoyachimiz Akmal SHorahmedovdan bo'lib o'tgan o'yin haqidagi fikrlarini so'radik.

-Muhim uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganimizdan afsusdaman. Menimcha jamoadoshlarim keyingi o'yin haqida ko'proq o'ylab yuborishdi (“Nasaf” 18-turda “Bunyodkor” bilan bellashadi - izoh muallifniki). Bugun bizga kurashuvchanlik ruh etishmadi. Raqib jamoa bizga nisbatan bu borada ustunlik qildi. Bu kamchiligimiz ketma-ket takrorlanayapti, yani safardagi o'yinlarni sust o'tkazayapmiz. Endi bunga chek qo'yish kerak. To'g'risi, muxlislarimizni tushunib turibman, ular vaqtlarini ayamasdan, uzoq masofa yo'l bosib, biz bilan birga bo'lishdi. Buni qadriga etishimiz kerak. CHempionatda  oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Har bir gol, har bir ochko, qo'lga kiritiladigan yakuniy natijaga katta tasir ko'rsatadi.

Oldimizda yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi, “Bunyodkor” bilan uchrashuv. Bu uchrashuvda g'alaba qozonishimiz zarur va shart. Bizni boshqa natija qoniqtirmasligi kerak. G'alaba qozonish uchun esa har tomonlama tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tayyorgarliklar ertadan boshlanadi. Umid qilamanki, jamoadoshlarim buni chuqur anglab turishibdi. Buni biz uddalaymiz.

Jamoamiz muxlislariga esa, kayfiyatni tushurmasdan “ajdarlar”ni har doimgidek qo'llab-quvvatlang, biz bir maqsad uchun kurashadigan – yakdil jamoamiz deb, qolaman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика