So’nggi yangiliklar

16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  0 15:38Роналду – энг яхши!  3 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  7 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  9 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  6 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  28 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  4 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  4 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  7

Ahrol Inoyatov: Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlar, albatta jazolanadi Yangiliklar

Ahrol Inoyatov: Kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlar, albatta jazolanadi

Ahrol Inoyatov O'zbekiston Futbol Federaciyasining futboldagi halollikka javobgar masul kotibi etib tayinlandi.
Inoyatovning asosiy vazifasi O'zbekiston futbolidagi o'yinlarning natijasiga suniy tasir o'tkazadigan shaxs yoki guruhlarga qarshi kurashish, ularni fosh etish va jazolashdan iborat bo'ladi.

Federaciya qoshidagi ekspertlar komissiyasi shubhali o'yinni ipidan ignasigacha o'rganib chiqadi, uchrashuv videtasmasini ko'rib chiqib, yakuniy xulosani bevosita O'FF Ijroiya Qo'mitasiga taqdim etadi. Uchrashuv natijasiga tasir qilinganligi shubha ostiga olingan o'yinlarga aloqador bo'lgan har bir shaxs, nazoratchi va hakamlardan tortib, murabbiy va futbolchilar bilan gaplashiladi va tegishli choralar ko'riladi, - deydi Inoyatov.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning topshirig'i bilan O'zbekiston Futbol Federaciyasi va O'zbekiston Professional Futbol Ligasi kelasi mavsumdan boshlab FIFA va OFK tomonidan tavsiya etilgan Halol futbolni himoya qilish deklaraciyasini qabul qiladi. Uchrashuv natijasi kelishilgan deb shubha ostiga olingan barcha o'yinlar O'FF qoshidagi ekspertlar komissiyasi tomonidan taqib qilinadi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi yangi yildan FIFA va OFK tomonidan tasdiqlangan Halol futbolni himoya qilish deklaraciyasini qabul qiladi. Mazkur deklaraciyaga O'zbekiston Professional Ligasida ro'yxatdan o'tgan har bir nazoratchi, hakamlar, klublar, klublar azolari imzo chekadilar. Deklaraciyani imzolash orqali PFLda ro'yxatdan o'tgan har bir rasmiy shaxs kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashishda ishtirok etishga rozi bo'ladi. Bu esa kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish yo'lidagi muhim qadamdir. Uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatilgan o'yinlarda ishtirok etgani dalillar bilan isbotlangan har qanday klub, bunga aloqador bo'lgan har qanday murabbiyu futbolchi, albatta, jazolanadi, - deydi Ahrol Inoyatov.

Ayni paytda matbuotda paydo bo'lgan shubhali uchrashuvlar bilan bog'liq ish daftarlari ochilgan bo'lib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olingan. Oktyabr oyida Axrol Inoyatov bilan matbuot anjumani o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика