"Ahmoqona taqvimni inobatga olsak, ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda"
25 fev 19:10
Yangiliklar
"Ahmoqona taqvimni inobatga olsak, ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda"
Karlo Anchelotti tig'iz taqvim tufayli dam olish uchun vaqt zarurligini takidladi.
Ayni damda "Real" La Ligada 25 o'yinda 54 ochko to'plab, "Barselona" bilan etakchilikni bo'lishib turibdi.
26 fevral kuni Madrid klubi "Real Sosedad"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim finalida maydonga tushadi.
"Ahmoqona taqvimni inobatga olsak, ishlarimiz juda yaxshi ketmoqda. Biroq boshqa jamoalar ham yaxshi natijalar qayd etayotganini aytib o'tish lozim. 50 kun davomida biz 17 ta o'yin o'tkazdik. Bu shunchaki dahshat.
Men charchayapman, siz ham charchayapsiz. Buni hamma ko'rib, bilib, sezib turibdi. Bizga dam olish uchun vaqt kerak", – dedi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar