So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Ahmad Abu Ismoil: "Balki O'zbekiston Iordaniyadan qasos olmoqchidir" Yangiliklar

Ahmad Abu Ismoil: "Balki O'zbekiston Iordaniyadan qasos olmoqchidir"

O'zbekiston va Iordaniya o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ahmad Abu Ismoil ishtirok etdi.
“Bu erga kelganimizdan xursandmiz. O'zbekiston xalqi mehmondo'st ekanini bilamiz. Bu ikkala jamoa o'rtasidagi birinchi o'zaro o'yin emas. Ushbu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'tgan yil O'zbekistonga qarshi tarixiy o'yinni o'tkazib penaltilar seriyasida g'alaba qozongandik. Balki O'zbekiston JCH pley-offidagi mag'lubiyat uchun qasos olmoqchidir. O'z navbatida biz o'sha g'alaba tasodif emasligini ko'rsatmoqchimiz. Ertangi o'yinga tayyormiz. Tarkibimizda bir qator yoshlar bor”, - deydi bosh murabbiy.

Ahmad Abu Ismoil bilan birga matbuot anjumanida Iordaniya terma jamoasining asosiy posboni Amir SHafi ham ishtirok etdi.

Amir SHafi: O'zbekistonga qarshi o'yinlar doim qiziq bo'lgan, ertangi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi deb o'ylayman. Muxlislar chiroyli uchrashuvning guvohi bo'lishadi. O'zbekiston terma jamoasi yaxshi saviyadagi jamoa, tarkibida bir qator kuchli futbolchilar bor. Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz.

- Tarkibda yoshlar ko'p deb aytib o'tdingiz. Ulardan nechtasi oxirgi besh o'yinda ishtirok etdi?

- Biz O'zbekistonga asosiy tarkib bilan keldik. To'g'ri yoshlar ham bor, ular terma safida bir necha bor maydonga tushishgan. Ularda ham tajriba etarli.

- Sizdan oldin Iordaniya terma jamoasida ishlagan murabbiy Xossam Xassan sizga qanday jamoani qoldirdi?
- Men Iordaniya terma jamoasi 4 yildan buyon yordamchi sifatida ishlab kelganman. Iroqlik mutaxassis Adnan Hamadga yordam berdik. Faqat oxirgi bir yilda terma jamoada faoliyat yurtmadim. Men futbolchilarni yaxshi bilaman. Vazifam ularning yanada yaxshi natija qayd etishlarini taminlash. Yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etganman. Iordaniya terma jamoalarining barcha tizimida ishlaganim uchun futbolchilar va jamoa to'g'risida etarli malumotga egaman. O'sha yoshlar termasi safidan ko'pchilik futbolchilar hozirda etakchi o'yinchilarga aylangan.

- Iordaniya matbuoti O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yilga qaraganda kuchsizroq deb yozmoqda. Siz qanday fikrdasiz?
- Bu jamoaning natijalari juda yaxshi emasdir, lekin yuqori saviyadagi futbolchilarga ega. O'zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biridir. SHu sababli o'rtoqlik o'yinini bu jamoa o'tkazishdan xursandmiz.

- O'zbekistonning Osiyo Kubogidagi imkoniyatini qanday baholaysiz?
- O'ylashimcha, guruhingizda kurash Saudiya Arabistoni, Xitoy va O'zbekiston o'rtasida kechadi. Xitoy oxirgi paytlarda muvaffaqiyatsiz natijalar qayd etayotgani sababli o'zini ko'rsatishga intiladi. CHorak final masalasi ushbu jamoalar o'rtasidagi kurashda hal bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика