So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  0 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  4 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

AGMKga "Surxon" 12,1 million, "Andijon" 16,5 million so'm o'tkazib berishi kerak Yangiliklar

AGMKga "Surxon" 12,1 million, "Andijon" 16,5 million so'm o'tkazib berishi kerak

Futbol klublari futbolchilar bilan istalgan vaqtda shartnoma tuzadi va istalgan vaqtda uni bekor qiladi.

SHu holatni kamaytirish uchun 2019 yildan boshlab umumiy shartnomalar joriy qilgandik.

Oybek Qilichev va Abduqahhor Hojiakbarov shu yilning 3 yanvar kuni AGMK bilan 1 yillik shartnoma imzolagan. Klub Hojiakbarov bilan shartnomani 8 fevral sanasida, Qilichev bilan shartnomani 16 fevral sanasida bekor qilgan. Futbolchilar esa bu vaqt oralig'ida AGMK klubidan oylik maosh olgan.

Yangi qoidaga ko'ra, mana shu futbolchilar bilan yangi shartnoma qiladigan klub ulardan foydalanishi uchun AGMK hisob raqamiga pul o'tkazib berishi kerak. Yani, shu futbolchilar AGMK orqali ishlab topgan puldan 1 so'm bo'lsa-da ko'p o'tkazilishi shart. Yo'qsa, bu futbolchilar yangi jamoasi safida maydonga tusha olmaydi.

Agar mazkur futbolchilar transfer oynasi yopiladigan 7 mart sanasiga qadar o'ziga yangi klub topa olmaganida edi, AGMK bu futbolchilarning oylik maoshlarini yozgi transfer oynasi ochiladigan 9 iyul sanasiga qadar to'lab borishga majbur bo'lardi.

Ayni vaqtda Abduqahhor Hojiakbarov xizmatidan foydalanishni istayotgan “Surxon” futbol klubi AGMK hisob raqamiga tahminan 12,1 million so'm, Oybek Qilichevni o'ynatishni istayotgan “Andijon” esa 16,5 million so'm o'tkazib berishi shart.

SHuningdek, AGMK klubi bosh direktori PFL tomonidan ogohlantiriladi. Boisi u shartnomalarda ko'rsatilgan bandlar haqida yaxshi bilishi hamda futbolchilar bilan shartnomani PFLni ogohlantirgan holda bekor qilishi kerak edi, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика