AGMK ertaga Dubayda “SHabab Al Ahli”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
31 jan 2022 08:50
Yangiliklar
AGMK ertaga Dubayda “SHabab Al Ahli”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Raqib Dubayning nomdor jamoasi — "SHabab Al Ahli". Ushbu jamoa bilan AGMK umumiy hisobda uchinchi marotaba to'qnash kelmoqda. O'tgan yili jamoalar OCHL guruh bosqichida o'zaro 2 bor kuch sinashishgan va unda bir martadan tomonlar g'alaba qozonishgandi.
Bu gal jamoalar o'rtoqlik maqomidagi o'yinda saf tortishadi.
"SHabab Al Ahli" ayni paytda BAA chempionatida 3-o'rinni egallab turibdi.
O'yin 1 fevral kuni “Rashid stedium"da mahalliy vaqt bilan soat 16:15 da boshlanishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:15 da boshlanadi.
Darvozabonimiz Valijon Rahimov va universal futbolchi Abdulla Abdullaev O'zbekiston milliy jamoasi ixtiyorida yig'inda qatnashayotgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi.
Mazkur o'yindan so'ng AGMK jamoasi BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, 2 fevral kuni Toshkentga qaytadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar