Afrikadan yana ikki terma jamoa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi
15 okt 02:56
Yangiliklar
Afrikadan yana ikki terma jamoa Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Senegal va Kot-d’Ivuar mundialda.
Afrika qitasidagi saralash bosqichi o'yinlari yakuniga etdi. Bugungi bellashuvlar orqali ikki jamoa — Senegal hamda Kot-d’Ivuar 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Senegal jamoasi bugungi uchrashuvda Mavritaniyani 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi va navbatdagi jahon chempionatiga yo'l oldi.
Kot-d’Ivuar terma jamoasi esa Keniya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi. Bu natija ularni guruhda birinchi o'ringa olib chiqdi va 2014 yildan keyin ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar