Adidas "Real Madrid" uchun maxsus retro-libos chiqaradi
		
		27 iyu 2022 19:37
        Yangiliklar	
	
				
				Adidas "Real Madrid" uchun maxsus retro-libos chiqaradi
Futbolchilar bu libosni rasmiy o'yinlarda kiyishmaydi, ammo mashg'ulot paytida retro libosdagi "qaymoqranglilar"ni ko'rishimiz mumkin.
Adidas tomonidan chiqarilayotgan "Real"ning qayta ishlangan futbolkasi dizayni 90-yillar, xususan, afsonaviy EQT chiziqlaridan ilhomlanib yaratilgan. Mualliflar 1998 yildan 2000 yilgacha "Real Madrid" futbolchilari kiygan ramziy formani qayta yaratishga harakat qilishgan. Dizaynda 1998-2000 yillardagi "Real Madrid" libosining ranglari ishlatilgan, o'shanda Adidas ilk marta "qaymoqranglar" uchun forma yaratgan.
Yangi libosning asosiy rangi oq bo'lib, yon tomonlarida to'q ko'k va sariq rangli chiziqlar, engi va yoqasida to'q ko'k rangli bezaklar mavjud. Markazda "Real Madrid" va Adidas logotiplari tasvirlangan. SHu tariqa dizaynerlar Adidas "qaymoqli" uchun forma chiqara olmagan afsonaviy EQT davriga hurmat bajo keltirishdi. Yangi libosni quyida tomosha qilishingiz mumkin:




Eslatib o'tamiz, "Real Madrid"ning qayta ishlangan maxsus libosi 2022 yilning dekabridan 2023 yilning yanvarigacha bo'lgan muddatda sotuvga chiqariladi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar