Abduxoliq Qurbonov: “Derbida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi”
24 may 2022 17:15
Yangiliklar
Abduxoliq Qurbonov: “Derbida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi”
Qurbonov mazkur bahsda ikki marotaba penaltidan «gazchilar» darvozasini ishg'ol qildi.
“Bugun shiddatli va murosasiz bahs bo'lishini bilardik. CHunki bu derbi hisoblanadi. Bu bahsda murosasiz o'yin bo'lishi oldindan malum edi. Derbida g'alaba qozonmasak bo'lmasdi.
Ikki marotaba penaltini amalga oshirdim. Albatta, bunday pallada futbolchida hayojon bo'ladi. Xudoga shukr, yuzim yorug' bo'ldi va bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamoaga yordam berdim.
Biz har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Ammo yaxshi o'ynab ham yutqazib qo'ydik. Futbolda natija muhim hisoblanadi. Afsuski, “SHo'rtan”da shunday holat kuzatildi.
Mavsum boshida rahbariyat klub oldiga 5-o'rinni qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan. Biz jamoamiz bilan hamjihatlik bilan buni bajarishga urinamiz. Oldimizda o'yinlar ko'p. Natijalarimizni ijobiy tomonga o'zgartirishga va muxlislarimizni yanada xursand qilishga intilamiz", - deydi Abduxoliq Qurbonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar