Abduvohid Nematov "Nasaf"dan ketishi kerakmi?
12 noy 2024 14:00
Yangiliklar
Abduvohid Nematov "Nasaf"dan ketishi kerakmi?
"Nematov biz uchun juda muhim futbolchi. Jamoa uchun ham, muxlislar uchun ham. Agar klubimiz rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirsa yaxshi bo'lardi.
Abduvohid uchun boradigan joyi o'ziga munosib bo'lishi kerak. U rad etib bo'lmaydigan taklif bo'lsagina ketsa to'g'ri bo'ladi. Eron klublaridan takliflar borligini eshitdim. Borsa Eronning qanday klubiga boradi, shu ham muhim. To'g'ri moliyaviy tomondan yutishi aniq, lekin o'sha klub darajasi "Nasaf"dan ustunmi degan savollar ham paydo bo'ladi. Abduvohid bu tomonlarini ham hisobga oladi, chunki u teran fikrlaydigan, dunyoqarashi keng yigit. O'ylaymanki futbolchi ham, klub ham to'g'ri qarorga kelishadi," - dedi Ro'ziqul Berdiev championat.asia saytiga bergan intervyusida.

To'liq intervyuni bugun soat 20:00da championat.asia saytida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar