Abduvohid G'ulomov: "Darvozamiz tomon haqqoniy tarzda penaltilar belgilandi"
11 sen 2022 22:10
Yangiliklar
Abduvohid G'ulomov: "Darvozamiz tomon haqqoniy tarzda penaltilar belgilandi"
O'yin haqida
Barcha Andijon xalqini bugungi g'alabamiz bilan tabriklayman. O'yin og'ir ruhda o'tishini kutgandik, sababi "Buxoro" Superligaga yo'l olish uchun kurashayotgan asosiy raqiblarimizdan biri hisoblanardi. Muhimi, uch ochkoga ega chiqdik.
— Andijonliklar o'yin davomida negadir faol harakat qilishmadi. Ayniqsa, birinchi bo'limda himoyaga ko'proq urg'u berdi. Bu murabbiyning ko'rsatmasi bilan bog'liqmi?
— To'g'ri, uchrashuv boshida o'yinga moslashish biroz qiyin kechdi. Biroq bizning taktikamiz shunday edi va bu o'zini oqladi.
— "Andijon" darvozasiga belgilangan ikkita penalti haqqoniy tarzda belgilandimi?
— Qaror qabul qilish hakamlarning ishi. Ular penalti belgiladimi, biz xohlasak-xohlamasak hakamning qarorini bekor qila olmaymiz. Bu vaziyatlarni ko'rib chiqish kerak. O'ylashimcha, penaltilar to'g'ri belgilandi, dedi andijonliklar himoyachisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar